Markaziy bank 2021 yil 1 sentyabr holatiga muomaladagi bank plastik kartalari, terminallar, bankomat va infokiosklar hamda 2021 yil yanvar-avgust oylari davomida to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar to‘g‘risida maʼlumotni eʼlon qildi.
Markaziy bank 2021-yil 1-sentyabr holatiga muomaladagi bank plastik kartalari, terminallar, bankomat va infokiosklar hamda 2021-yil yanvar-avgust oylari davomida to‘lov terminallari orqali tushgan tushumlar to‘g‘risida maʼlumotni eʼlon qildi.
Regulyator bergan tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, tijorat banklari tomonidan 2021-yilning 1-sentyabr holatiga muomalaga jami 24 765 218 ta bank kartalari chiqarilgan bo‘lib, bank kartalarini muomalaga chiqarish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich Xalqbank (4 689 486), Ipotekabank (2 670 011) va Milliy bankida (2 730 484) kuzatilgan.
Xususan, 2021 yil 1 sentyabr holatiga tijorat banklari tomonidan o‘rnatilgan to‘lov terminallari soni 437 713 tani tashkil etadi. Bunda yuqori ko‘rsatkich Xalqbanki, Ipotekabank, Agrobank, Milliy bank, O‘zsanoatqurilishbank va Mikrokreditbanklar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, tijorat banklari tomonidan respublika bo‘yicha 12 583 dona bankomat va infokiosklar o‘rnatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Ziraat Bank, KDB Bank, Saderot bank va O‘zagroeksportbanklarda kuzatish mumkin. Xususan, Anorbank va TBC banklarning faoliyat boshlaganiga 1 yil bo‘lganiga qaramay, bugungi kungacha mazkur banklar tomonidan bankomat va infokioskalar umuman o‘rnatilmagan.
2021-yil yanvar-avgust oylari davomida tijorat banklari to‘lov terminallari orqali jami 67 730 792 mln.so‘mlik tushum bank kassalariga kirim qilingan. Tijorat banklari misolida qaralsa, eng ko‘p tushum Aloqabank (10 247 336 mln.so‘m) terminallari orqali amalga oshirilgan. To‘lov terminallari orqali bank kassalariga kirim qilingan tushumlar bo‘yicha Milliy bank, O‘zsanoatqurilishbank, Agrobank, Mikrokreditbank, Xalq banki, Ipotekabank va Kapitalbanklarda yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 1-sentyabr holatiga muomaladagi bank plastik kartalari soni 23 641 082 tani tashkil qilgani holda, tijorat banklari to‘lov terminallari orqali jami 50 028 620 mln.so‘mlik tushum bank kassalariga kirim qilingan edi.