Top.Mail.Ru
24 Sep 2021 |  4,372

Qimmatli qog'ozlar portfeli bu maqsadli ravishda shakllantirilgan investitsion strategiyadir.

Mutaxassislar investor tayyor bo'ladigan tavakkalchilik darajasiga va rejalashtirilgan investitsiya davriga qarab investitsiya portfelini tuzishga yordam beradi.

Qimmatli qog'ozlar portfeli bu maqsadli ravishda shakllantirilgan investitsion strategiyadir.

Investitsiya portfelini yaratishdan oldin quyidagilar ko'rib chiqiladi:

• investor qancha sarmoya kiritishga tayyorligi;

• bu mablag'lar doirasida qanday investitsion jozibador kompaniyalar mavjud.

Shundan so‘ng, tanlangan kompaniyalar investorning etikaga oid qarashlariga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Mutaxassislar investor tayyor bo'ladigan tavakkalchilik darajasiga va rejalashtirilgan investitsiya davriga qarab investitsiya portfelini tuzishga yordam beradi. Ushbu  portfellarga misollar keltiraman.

Qisqa muddatli portfel

Birinchi portfel - qisqa muddatli bo‘lib, KAP DEPO mijozlari orasida eng ko‘p tanlangan portfellardan biri hisoblanadi.

Boshlang‘ich miqdori - 6 million so‘m. Yil boshidan buyon portfel qiymati 6,9 million so‘mga o‘sdi, rentabellik + 128,6 foizni tashkil etdi.

Portfel qisqa vaqt ichida (bir yilgacha) bo‘sh pul mablag‘larini ko‘paytirmoqchi bo‘lgan investorlar uchun mo‘ljallangan.

Agressiv portfel

Ikkinchi portfel - nisbatan yuqori tavakkalchilik darajasiga ega bo‘lgan agressiv portfeldir.

Boshlang‘ich investitsiya qiymati - 10 mln so‘m. Portfel qiymati yil boshidan buyon 16 million so‘mga o‘sdi, o‘sish sur‘ati + 66,4 foizni tashkil etdi.

Dividend portfeli

Uchinchi portfel – dividend portfeli. Oltita yirik kompaniyaning aktsiyalaridan iborat. Portfel uzoq muddatda sarmoyasini saqlab qolishni istagan investorlar uchun ideal bo'lib, barqaror passiv daromad olish imkoni mavjud.

Boshlang‘ich investitsiya miqdori — 30 million so‘m. Yilni boshidan to hozirgi davrgacha Dividendlar portfeli 28 million so‘mga qimmatlashdi va yil boshidan beri + 100,7 foiz daromad keltirdi.

Uzoq muddatli portfel

To'rtinchi portfel uzoq muddatli (uch yildan boshlab) sarmoyalar uchun mo'ljallangan bo'lib, yuqori jamg'armalarni yaratishga intiladigan va dividend shaklida passiv daromad oladigan investorlar uchun mos keladi.

Shunga qaramay, portfel qisqa muddatda kerakli daromad keltirishi mumkin. Masalan, yil boshidan buyon portfel + 110,5 foizga oshdi va boshlang‘ich qiymati 100,2 mln.so‘mni tashkil etgani holda, 103 million so‘mga qimmatlashdi.

Shuni ta'kidlash kerakki, barcha portfellarning foiz stavkalari dividend rentabelligi bilan birga hisoblanadi.

Muzaffar Roziqov KapDepo investitsion kompaniyasi tahlilchisi, CFI

Muzaffar Roziqov

KapDepo investitsion kompaniyasi tahlilchisi, CFI

Savol berish

O'xshash yangiliklar

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish