30 May 2021 |  2,189

Kobeydj karta nima degani?

Kobeydj karta nima degani?

Kobeydj karta (“co badge” – ingliz tilidan “company badge” – “belgilar guruhi” so’zlarining qisqartmasi) – bu bir nechta (odatda ikkita) to’lov tizimida ishlaydigan kartadir. Oddiy (mahalliy Uzcard va Humo) kartalaridan asosiy farqi amal qiladigan to’lov tizimlarining ikkita logotiplari tushirilgani va kartani ushbu to’lov tizimlari amal qiladigan dunyoning istalgan joyida ishlatish mumkinligidir. 
Hozirda O’zbekiston banklari quyidagi xalqaro to’lov tizimlari bilan hamkorlikda kobeydj kartalarini chiqarmoqda:
•    UnionPay (Uzcard-UnionPay);
•    MasterCard (Uzcard-MasterCard);
•    MIR (Uzcard-MIR) mos ravishda. 
Kobeydj kartalar bilan O’zbekiston hududida so’mda savdo va xizmat ko’rsatish nuqtalarida to’lovlarni amalga oshirishingiz, bankomatdan pulni naqdlashtirishingiz, hatto transport kartasining o’rniga ishlatib yo’lkirani (avtobus va metroda) kontaktsiz to’lashingiz mumkin. 
Xorijda esa, kobeydj kartadagi xalqaro to’lov tizimi amal qiladigan istalgan davlatda foydalanish imkoni bor. Shuningdek, karta bilan internet-do’konlarda ham to’lashingiz mumkin. Bunda, karta xorijda ishlatilganida kartadagi pul avtomatik tarzda o’sha davlat valyutasiga o’giriladi. 
Bir so’z bilan aytganda, kobeydj karta – bu ikkitasi birda karta deganidir!

Sizga qulaylik uchun Depozit.uz saytining Debet kartalar bo’limidagi eng yaxshi uchta Kobeydj kartalarini keltiramiz:

1.    “Universalbank”dan “Uzcard-UnionPay” kartasi:
•    Karta bahosi – 25,000 UZS;
2.    “Asakabank”dan “Uzcard-MasterCard” kartasi:
•    Karta bahosi – 30,000 UZS;
3.    “Xalq Banki”dan “Uzcard-MIR” kartasi:
•    Karta bahosi – 36,750 UZS.
Barcha kartalar shartlari bilan batafsil Depozit.uz saytining Debet kartalar sahifasida tanishishingiz mumkin.

 Teglar

Debit kartalar
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish