Moliya vazirligi 2021 yilning 8 oyi davomida bozor shartlari asosida ipoteka kreditlash orqali aholini uy-joy bilan ta‘minlash borasidagi vaziyat bo‘yicha izoh berdi.
Unga ko‘ra, yangi tartib doirasida tijorat banklariga ajratilgan resurslar 2020 yilning 8 oyida 925 mlrd.so‘mni tashkil etgani holda, bu ko‘rsatkich 2021 yilning 8 oyi davomida 4-5 barobarga o‘sib, 2 575 mlrd so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich esa, bugungi kunga kelib aholining ipoteka kreditlariga bo‘lgan talabi ortib borayotganidan darak beradi.
Xususan, 2021-yil 1-sentabr holatiga ajratilgan ipoteka kreditlari jami 2 575 mlrd so‘mni tashkil etgani holda eng ko‘p ajratilgan resurs Ipotekabank hissasiga to‘g‘ri kelmoqda, yaʼni bu ko‘rsatkich 40,7 foizni tashkil etdi. Qishloqqurilishbank 685 mlrd.so‘m (27,5 %), O‘zmilliybank 195 mrld.so‘m (7,8%), Xalq banki 111 mlrd.so‘m (4,4%), Oriyentfinansbank 113 mlrd.so‘m (4,5%), Mikrokreditbank 113 mlrd.so‘m (4,5%), Agrobank 74 mlrd.so‘m (3,0%), Kapitalbank 32 mlrd.so‘m (1,3%), O‘zsanoatqurilishbank 52 mrld.so‘m (2,1%), Asakabank 42 mlrd.so‘m (1,7%), Turonbank 26 mlrd.so‘m (1,0%), Aloqabank 21 mlrd.so‘m (0,9%), Hamkorbank 8 mlrd.so‘m (0,3%) va Ipak yo‘li banki tomonidan 8 mlrd.so‘m (0,4%) subsidiya mablag‘lari ajratilgan. Tijorat banklari tomonidan o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ajratilgan kreditlardagi o‘zgarish Qishloqqurilishbankda kuzatilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 17,9 foizga o‘sgan.
2021 yil 8 oyi davomida ajratilgan ipoteka kreditlarining 61 foizi 5 ta hududlar hissasiga to‘g‘ri kelib, bunda 409,1 mlrd so‘m Toshkent shahri, 377,3 mlrd. so‘m Samarqand viloyati, 325,8 mlrd. so‘m Farg‘ona viloyati, 311,7 mlrd.so‘m Andijon viloyati hamda 203,2 mlrd. so‘m Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolarga ajratilgan.
Jumladan, 2020-2021 yillarda yangi tartib doirasida daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga davlat byudjetidan jami 5 225 ta oilaga 162 mlrd.so‘m miqdorida subsidiyalar to‘lab berilgan. Shundan, 2021 yil 1 sentyabr holatiga shaharda istiqomat qiluvchi 3 662 ta daromadi yuqori bo‘lmagan oilaga 92,4 mlrd. so‘m boshlang‘ich badal davlat byudjetidan ajratilgan bo‘lsa, qishloq joylarda istiqomat qiluvchi 1 563 ta oilaga 48,4 mlrd. so‘m ajratilgan.
2021 yilning 1 sentyabr holatiga O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi bilan bitim imzolagan 9 ta tijorat banklariga (“Ipotekabank”, “O‘zSQB”, “Hamkorbank”, “QQB”, “Asakabank”, “Agrobank”, “Turonbank”, “Xalq banki” va “O‘zmilliybank”) jami 1 275 mlrd. so‘m, yaʼni Osiyo taraqqiyot banki qarz mablag‘lari hisobidan 665 mlrd.so‘m va Moliya vazirligi depozit mablag‘lari hisobidan 700 mlrd.so‘m resurs ajratilgan.
Bundan tashqari, tijorat banklari tomonidan 2021 yilning 1 sentyabr holatiga jami 6 173 nafar fuqaroga O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag‘lari hisobidan 1 090 mlrd.so‘mlik ipoteka kreditlari ajratilgan. Shundan, 2020 yilda 335 nafar fuqaroga 63 mlrd.so‘m, 2021 yilda 5 838 nafar fuqaroga 1 028 mlrd.so‘mlik ipoteka kreditlari ajratilgan.
Shu bilan birga, 2021 yil 1 sentyabr holatiga 145 ta uy-joyni taʼmirlash maqsadida 9 307 mln.so‘m, birlamchi bozordagi 9 ta kvartira uchun 1 023 mln.so‘m, birlamchi bozordagi 7 ta yakka tartibdagi uy-joy uchun 1 229 mln.so‘m, ikkilamchi bozordagi 1 475 ta yakka tartibdagi uy-joy uchun 275 727 mln.so‘m, ikkilamchi bozordagi 4 536 ta kvartira uchun 740 500 mln.so‘m miqdorida aholiga ipoteka kreditlari ajratilgan.
2021 yil 1 sentyabr holatiga aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari orqali sotib olingan uy-joylarni hududlar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, jami 1 090 546 mln. so‘mlik ajratilgan kreditlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrini tashkil etadi. Yaʼni, 2020 yilda Toshkent shahri kesimida 30 994 mln.so‘m kredit ajratilgan bo‘lsa, 2021 yilga kelib aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari miqdori 341 014 mln. so‘mni tashkil qildi. Shundan birlamchi bozordagi uy-joylar uchun 752 mln.so‘m, ikkilamchi bozordagi uy-joylar uchun 370 782 mln.so‘m va uy-joylarni taʼmirlash maqsadida 474 mln.so‘mlik ipoteka kreditlari ajratilgan.
Joriy yilning 8 oylik natijalariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisiga 80 645 mln.so‘m, Andijon viloyatida 60 339 mln.so‘m, Buxoro viloyatida 39 929 mln.so‘m, Jizzax viloyatida 23 348 mln.so‘m, Qashqadaryo viloyatida 38 973 mln.so‘m, Navoiy viloyatida 88 205 mln.so‘m, Namangan viloyatida 38 922 mln.so‘m, Samarqand viloyatida 35 980 mln.so‘m, Surxondaryo viloyatida 25 389 mln.so‘m, Sirdaryo viloyatida 27 222 mln.so‘m, Toshkent viloyatida 132 051 mln.so‘m, Farg‘ona viloyatida 58 678 mln.so‘m va Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi aholiga 68 857 mln.so‘m miqdorida ipoteka kreditlari ajratilgan. Biroq, tahlillar natijasida Andijon, Jizzax, Navoiy, Namangan, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida birlamchi bozordagi uy-joylar xaridi uchun ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha ko‘rsatkichlar pastligi kuzatildi.