Siz ko’pincha xorijiy internet do’konlardan xarid qilasizmi (masalan, Aliexpress, Amazon va boshqalar)? To’lov uchun eng yaxshi kartani tanlashga qiynalayapsizmi?
To’lov uchun eng yaxshi kartani tanlashga qiynalayapsizmi? Unda Visa Virtual kartalaridan foydalaning!
Virtual kartalarning odatiy debet kartalardan ustunligi nimada?
• Birinchidan, karta bahosida. Virtual karta ochish ko’p hollarda bepul bo’ladi.
• Ikkinchidan, kamaymaydigan qoldiq miqdori ancha pastligida. Ba’zi hollarda esa, hatto 0 ga teng bo’lishida. Kamaymaydigan qoldiq bu karta hisobida doim saqlanadigan, ishlatib bo’lmaydigan pul miqdori.
• Uchinchidan, xizmat ko’rsatish bepul, ya'ni karta uchun har oy yoki yiliga to’lanadigan to’lov turi mavjud emas
• To’rtinchidan, rasmiylashtirish osonligida. Virtual kartani xizmat ko’rsatuvchi bank mobil ilovasi yoki sayti orqali ochish mumkin. Bunda, faqat agar shu bankdan boshqa kartangiz bo’lmasa, shaxsingizni bankka bir marta borib yoki telefon qilib tasdiqlashingiz kerak bo’lishi mumkin. Qolgan hollarda kartani bemalol masofadan ochishingiz mumkin.
Sizga qulaylik taqdim etish maqsadida Depozit.uz saytining Debet kartalar bo’limidagi eng yaxshi uchta Virtual kartalarni keltiramiz.
“Ipak Yo'li Bank”dan “Visa Virtual” kartasi:
• Karta bahosi – Bepul;
• Kamaymaydigan qoldiq – 5 USD;
• Xizmat ko’rsatish – Bepul;
• Kartani rasmiylashtirish usuli – Bank sayti yoki mobil ilova orqali.
“Kapitalbank”dan “Visa Virtual” kartasi:
• Karta bahosi – Bepul;
• Kamaymaydigan qoldiq – 5 USD;
• Xizmat ko’rsatish – Bepul;
• Kartani rasmiylashtirish usuli – Bank sayti yoki mobil ilova orqali.
“Hamkorbank”dan “Visa Virtual” kartasi:
• Karta bahosi – Bepul;
• Kamaymaydigan qoldiq – 0 USD;
• Xizmat ko’rsatish – Bepul;
• Kartani rasmiylashtirish usuli – Bank sayti yoki mobil ilova orqali.
Barcha kartalar shartlari bilan batafsil Depozit.uz saytining Debet kartalar sahifasida tanishishingiz mumkin.