23 Sep 2021 |  530

VISA xalqaro plastik kartalaridan foydalanish to‘xtatilmoqda.

2021-yilning 1-oktabr sanasidan boshlab SQBda bugungi kungacha chiqarilgan eski turdagi VISA xalqaro plastik kartalarida UzPSB Mobile va JOYDA mobil ilovalarida ayirboshlash operatsiyalari (valyuta sotib olish) ni amalga oshirish, shuningdek naqd pul kirim qilish to‘xtatiladi

VISA xalqaro plastik kartalaridan foydalanish to‘xtatilmoqda.

O‘zsanoatqurilishbank xalqaro plastik kartalarni chiqarish va ularga xizmat ko‘rsatish uchun yangi to‘liq funksiyali prosessing markazi ishga tushirilishi munosabati bilan 2021-yilning 1-oktabr sanasidan boshlab SQBda bugungi kungacha chiqarilgan eski turdagi VISA xalqaro plastik kartalarida UzPSB Mobile va JOYDA mobil ilovalarida ayirboshlash operatsiyalari (valyuta sotib olish) ni amalga oshirish, shuningdek naqd pul kirim qilish to‘xtatiladi, deb xabar berdi bank rasmiy telegram kanalida.

Shuningdek xabarda, 2021-yilning 1-noyabr sanasidan boshlab eski turdagi VISA xalqaro plastik kartalariga xizmat ko‘rsatilmasligi, sayohat yoki xizmat safarlarini rejelashtirgan yoki boshqa maqsadlarda xalqaro kartalar zarur bo‘lsa, SQBning sizga qulay ofisida bankning yangi turdagi xalqaro kartasiga buyurtma berish mumkinligi taʼkidlangan.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha depozit.uz Ipotekabank o'z mijozlari uchun Visa kartadan foydalanishni to‘xtatganligi haqida xabar bergan edik.

 Teglar

Debet kartalar

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish