Bugungi kunda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, o‘rtacha oylik daromadi yuqori bo‘lmagan fuqarolarni davlat tomonidan manzilli qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlatimiz rahbarining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni imzolangandi.
Bugungi kunda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, o‘rtacha oylik daromadi yuqori bo‘lmagan fuqarolarni davlat tomonidan manzilli qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlatimiz rahbarining “Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni imzolangandi.
Mazkur farmon asosida, Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga ajratiladigan ipoteka kreditlari bo‘yicha mahalliy hokimliklar tomonidan kafilliklar berish tartibi to‘g‘risida”gi vaqtinchalik nizomi ishlab chiqildi.
Xo‘sh, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga mazkur hujjat qanday imtiyozlar beradi?
1-bosqichda qarz oluvchi shaxs ipoteka krediti bo‘yicha kafillik olish maqsadida ariza va zarur tegishli hujjatlar bilan hokimiyatlarga murojaat qiladi, agar kredit bo‘yicha qarzdorligi mavjud bo‘lganda esa tegishli bank filialiga taqdim etadi.
2-bosqichda hokimlik va bank filiallari kafillik olish uchun taqdim etilgan ariza va hujjatlarni qabul qilib olgach, o‘sha kunning o‘zida kafillik uchun zarur hujjat va maʼlumotlarni “Xalqparvar” komissiyasiga va qarz oluvchi va uning oila aʼzolarining shaxsiy identifikatsiya raqamiga doir maʼlumotlarini viloyat Soliq boshqarmasiga yuboradi.
Keyingi bosqich soliq boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, soliq boshqarmasi 3 ish kunida qarz oluvchi va uning oila aʼzolarining shaxsiy identifikatsiya raqamiga doir maʼlumotlarini qabul qilib oladi hamda qarz oluvchi va uning oilasi o‘rtacha oylik daromadlari to‘g‘risidagi maʼlumotnomani “Xalqparvar” komissiyasiga yuboradi.
4-bosqichda “Xalqparvar” komissiyasi soliq boshqarmasi maʼlumotnomani taqdim etgan kundan boshlab, 5 ish kunida olingan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va Hokimlikka kafillik ajratishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida ijobiy xulosa beradi va qarz oluvchini Ro‘yxatga kiritadi yoki ular bo‘yicha tanqidiy mulohazalarni Hokimlik yoki bankka yuboradi.
Hokimlik va bankka kelib tushgan hujjatlar 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi hamda Kafillik ajratish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va qarordan ko‘chirmani qarz oluvchiga yuboradi (ijobiy xulosa bo‘lganda). Biroq, tanqidiy mulohazalar bo‘lsa, kafillik taqdim etilmasligi bo‘yicha rad etish xatini qarz oluvchiga yuboradi. (*Izoh. Agar sabablari ko‘rsatilmasdan rad etish holatlari aniqlansa, albatta hokimlik va bankdan sabablarini aniq yozib berishlarini talab qilishingiz mumkin.)
6-bosqichda qarz oluvchi 5 ish kuni mobaynida kafillik berish to‘g‘risidagi qarordan nusʼha qabul qilinganda, tegishli bank filialiga qaror nusxasini taqdim etadi.
Uch bank ish kuni davomida bank filiali kredit shartnomasi nusxasini hamda bank va qarz oluvchi tomonidan uch nusxada imzolagan kafillik shartnomasi loyihasini hokimlikka yuboradi. Kafillik shartnomasi hokim yoki uning birinchi o‘rinbosari tomonidan imzolanadi hamda kafillik shartnomasini qarz oluvchi va tegishli bank filialiga bir nusxadan yuboradi.
Demak, qarorga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tajriba tariqasida 2021 yil 1 avgustga qadar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining ipoteka kreditlari bo‘yicha qarzdorliklarini so‘ndirish jamg‘armalarini tashkil etib, mahalliy byudjet daromadlarining hisobot choraklari yakunlari bo‘yicha aniqlanadigan prognozidan oshirib bajarilgan qismining 5 foizigacha bo‘lgan miqdoridagi mablag‘larni jamg‘armaga yo‘naltiradi.
Shuningdek, 2021 yil 1 avgustga qadar jamg‘arma va tijorat banklari hamkorlikda ipoteka krediti olgan va o‘rtacha oylik daromadlari qarzdorliklarini to‘lash uchun yetarli bo‘lmagan ijtimoiy himoyaga muhtoj qarz oluvchilar to‘g‘risidagi maʼlumotnoma shakllantiriladi va ro‘yxatga kiritiladi.
Endi, mazkur shartlarni oddiy va sodda tilda tushuntiradigan bo‘lsak:
Qachon kafillik berish rad etiladi?
- hujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda;
- ariza beruvchining o‘rtacha oylik daromadi subsidiya olish uchun belgilangan mezonlarga mos yoki undan ko‘proq bo‘lganda;
- taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki soxta maʼlumotlar mavjud bo‘lganda;
- “Xalqparvar” komissiyasining tanqidiy mulohazalari bo‘lganda.
Kreditlar qaysi banklar orqali ajratiladi?
1. Ipoteka-bank
2. Sanoat qurilish banki
3. Asaka bank
4. Qishloq qurilish banki
5. Turon bank
6. Agro bank
7. Hamkorbank
8. Xalq banki
Subsidiya ajratish talabi bilan fuqaro qayerga murojaat qilishi lozim?
Subsidiya xabarnomasi olmoqchi bo‘lgan fuqaro o‘zi yashab turgan hududda joylashgan davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurishlari yoki onlayn tartibda ariza berib subsidiya xabarnomasi olish bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.
Subsidiya to‘lovlarini to‘lash tartibi qanday?
Subsidiya to‘lovlari dastlabki badal mablag‘larining bir qismini qoplab berish maqsadida ajratilishi belgilangan. Bugungi kunda subsidiya to‘lovlari boshlang‘ich badal to‘lovining 10 foizini qoplab berish maqsadida ajratiladi. Shuningdek, subsidiya to‘lovlari tijorat banki tomonidan ajratilgan ipoteka krediti foiz to‘lovlarini qishloq hududlarida 10 foiz punktdan oshgan qismini, Toshkent shahrida 12 foiz punktdan oshgan qismini qoplab berish maqsadida 5 yil davomida to‘lab beriladi.