Tezkor mikroqarzlar haqida gapirganda birinchi navbatda banklar tomonidan banklarning mobil ilovalari orqali onlayn taqdim etiladigan mikroqarzlar tushuniladi.
Onlayn mikroqarzga ariza berish hujjatlarsiz bir necha daqiqa Ichida amalga oshiriladi, bunda faqatgina bankning mobil ilovasida oldindan identifikasiyadan o’tish talab etiladi. Onlayn mikroqarzlar ajratilishi bo’yicha qaror ham avtomatik skoring asosida bir necha daqiqada qabul qilinadi va mijoz qaror qabul qilinishi bilanoq so’ralgan mikroqarz summasini olishi va undan foydalanishi mumkin bo’ladi. Aynan shu jihatlari bilan onlayn mikroqarzlar o’zining tezkorligi bilan ajralib turadi va mijozlarga pul juda zarur bo’lganda eng qulay vosita hisoblanadi.
Bugungi kunda 35 ta bankdan 13 tasida onlayn mikroqarzlar taqdim etilmoqda.
Onlayn mikroqarzlar bo’yicha foizlar yillik 24% dan boshlanadi, muddati – 3 yilgacha, maksimal miqdori 50 mln. so’mni tashkil etadi.
Barcha joriy onlayn mikroqarzlar roʻyxatini keltiramiz (2023-yil 04-oktabr holatiga koʻra):
Bank | Mikroqarz nomi | Maksimal summa | Muddati | Foizi | Mijozlar | Ta’minoti | |
1 | O‘zsanoatqurilishbank | Joyda mikroqarz | 50 mln | 4 yilgacha | 27.9% dan | Doimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar | Sug‘urta polisi, onlayn rasmiylashtiriladi |
2 | Agrobank | Onlayn mikroqarz | 30 mln | 2 yil | 27.99% | Doimiy (ish haqi) daromadiga va Agrobankda ochilgan bank (virtual) kartasi ega jismoniy shaxs (rezident) | uchinchi shaxs kafilligi (plastik karta raqami va amal qilish muddati kiritiladi) yoki sug‘urta polisi onlayn rasmiylashtiriladi |
Mikrokreditbank | Onlayn mikroqarz | 30 mln | 2 yil | 26% dan | Doimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar / ish haqi loyihasi doirasida ochilgan plastik karta egalari | Sug‘urta polisi, onlayn rasmiylashtiriladi | |
Online mikroqarz-2 | 10 mln | 1 yil | 27% | ish haqi loyihasi doirasida ochilgan plastik karta egalari | Talab etilmaydi | ||
3 | Online mikroqarz | 1.5 mln | 3 oy | 24% | ish haqi loyihasi doirasida ochilgan plastik karta egalari | Talab etilmaydi | |
4 | Qishloq qurilish bank | Onlayn kredit | 8 mln | 1 yilgacha | 28% dan | ish haqi, shuningdek pensiya to‘lovlari hisob-kitobi uchun ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan emissiya qilingan bank kartasiga ega jismoniy shaxslar | Talab etilmaydi |
5 | Turonbank | Online mikroqarz | 10 mln | 1 yil | 33% | Doimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar | Talab etilmaydi |
6 | Asakabank | Online mikroqarz | 20 mln | 2 yilgacha | 25.9% dan | Doimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar | Talab etilmaydi |
7 | Hamkorbank | Online mikroqarz | 50 mln | 3 yilgacha | 32% dan | Doimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar | Talab etilmaydi |
8 | Ipak Yo‘li bank | Online mikroqarz | 33 mln | 2 yil | 27.99% dan | Doimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar | Talab etilmaydi |
9 | Trastbank | Online mikroqarz | 20 mln | 1 yil | 28% | ish haqi loyihasi doirasida ochilgan plastik karta egalari | Sug‘urta polisi, onlayn rasmiylashtiriladi |
10 | Ipoteka-bank | Online mikroqarz | 30 mln | 3 yilgacha | 27.99% dan | Doimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar | Talab etilmaydi |
11 | Davr-bank | Mikroqarz «ONLINE 50» | 50 mln | 4 yilgacha | 32% dan | Doimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar | Talab etilmaydi |
12 | Tenge Bank | Online mikroqarz | 30 mln | 2 yilgacha | 35.9% dan | Doimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar | Talab etilmaydi |
13 | TBC Bank | Online mikroqarz | 50 mln | 3 yilgacha | 28% dan | Doimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar | Talab etilmaydi |
14 | ANOR BANK | Qulay mikroqarz | 50 mln | 3 yilgacha | 34% dan | Doimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar | Talab etilmaydi |
O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan barcha mikroqarzlar Depozit.uz saytida Mikroqarz sahifasida keltirilgan.