Top.Mail.Ru

Ta'lim va tibbiyot xodimlari uchun maxsus shartlarda avtokredit va mikroqarzlar

Banklar tomonidan sog’liqni saqlash va ta’lim sohalari xodimlari uchun maxsus shartlarda avtokredit va mikroqarzlartaqdim etilmoqda.

Ta'lim va tibbiyot xodimlari uchun maxsus shartlarda avtokredit va mikroqarzlar

Bunday banklardan biri Trastbank Maktabgacha ta'lim, xalq ta'limi, oliy va o‘rta maxsus ta'lim, sog‘liqni saqlash tizimlarida ishlovchi xodimlar uchun avtokredit va mikroqarzni quyidagi imtiyozli shartlarda taklif qilmoqda.

Avtokredit shartlari:

  • Boshlang’ich to’lov – kamida 30%;
  • Kredit muddati – 4 yil;
  • Foiz stavkasi – yillik 22%.

Mikroqarz shartlari:

  • Maksimal summa – 50 mln. so’m;
  • Kredit muddati va foiz stavkasi:
  1. 2 yilgacha – yillik 22%;
  2. 3 yilgacha – yillik 24%.

Muhim! Sog’liqni saqlash va ta’lim sohalari xodimlari ish joyida bir yildan ortiq mehnat stajiga ega bo‘lishi zarur.

Bundan tashqari, Ipoteka-bank ham ish haqi loyihasi ishtirokchisi bo‘lgan (Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Milliy gvardiya, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Prokuratura, OKMK, NKMK, O‘zbekiston metallurgiya kombinati) tashkilotlar xodimlariga avtokredit taklif qilmoqda.

Avtokredit shartlari:

  • Maksimal summa – 300 mln. so’m;
  • Kredit muddati – 5 yil;
  • Boshlang’ich to’lov va foiz stavkasi:
  1. kamida 20% - yillik 22.9%;
  2. kamida 50% - yillik 21.9%.

Muhim! Avtomobil sotib olish uchun shartnoma Ipoteka-bank bilan hamkorlik shartnomasiga ega bo‘lgan avtosalonlardan olinishi shart.

Boshlang‘ich badal avtomashina summasining kamida 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda shakllantirilganda, mijozning qarz yuki hisobga olinmaydi.

Bu va boshqa avtokreditlar va mikroqarzlar bo’yicha batafsil ma’lumotni Depozit.uz saytidan olish mumkin. 

18:03 • 14 November, 2022
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish