13-July, 12:06 |  2,039

S&P O‘zbekistonning rejalashtirilgan yevrobondlariga “ВВ-” reytingini berdi

Interfaks axborot agentligi maʼlum qilishicha, S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi O‘zbekiston joylashtirishni rejalashtirgan ikkita obligatsiya emissiyasiga “ВВ-” uzoq muddatli kredit reytingini berdi (reyting "ВВ-, “barqaror”).

Chiqarishning aniq hajmi va foiz stavkalari ҳамда бошқа shartlari joylashtirish vaqtida aniqlanadi, deyiladi agentlik bayonotida.

Obligatsiyalar shartsiz va kafolatsiz qarz bo‘lib, suveren hukumat tomonidan va бошқа taʼminlanmagan suveren qarzlar bilan bir xil shartlarga ega.

O‘zbekiston 870 million dollarlik suveren yevrobondlarni ikki transhda chiqaradi, dedi Moliya vazirining o‘rinbosari Odilbek Isoqov. Dollarlik transh muddati - 10 yil, o‘zbek so‘midagi transh - 3 yoki 5 yil. Qimmatli qog‘ozlar London fond birjasida ro‘yxatga olinadi.

"Agar talab yaxshi bo‘lsa, biz so‘mdagi transh miqdorini oshirib, dollarlik transh hajmini kamaytiramiz. Ammo transhning umumiy hajmi 870 million dollarni tashkil qiladi", - dedi moliya vaziri o‘rinbosari.

Milliy valyutadagi yevrobondlarni chiqarishdan tushadigan mablag‘lar barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirishga sarflanadi.

Isoqovning taʼkidlashicha, «2021 yilgi Davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonunda tashqi qarzlarni jalb qilish hajmi 5 mlrd dollar, ichki qarzlar esa 500 mln dollar chegarasida belgilangan bo‘lib, yevrobondlar chiqarilishi ushbu limit doirasida joylashtiriladi.

 Teglar

Banklar

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish