«Ipak Yo‘li» banki Rossiyaning “Solidarnost” banki bilan hamkorlikda 1-oktyabrdan boshlab “Solidarnost” bankidan mablag‘larni UPI MoneyExpress tizimi orqali bevosita UPI karta hisoblariga o‘tkazishni yo‘lga qo‘ygani haqida maʼlumot berdi.
Jo‘natuvchi UnionPay kartasi raqami, kartada qayd etilgan FISHni ko‘rsatishi va hisob yoki kartadagi pullarni MoneyExpress orqali manfaatli tariflar bo‘yicha jo‘natishi kifoya.
Shuningdek, рul o‘tkazmani amalga oshiruvchi shaxs:
- Bankda hisob / karta ochishi;
- Bankning "Birdamlik onlayn" mobil ilovasini o‘rnatishi yoki Bank filialidagi "Internet -bank" tizimiga kirishi talab etiladi.
Eng muhimi, 2021 yilning 31 dekabr sanasiga qadar bank tomonidan o‘tkazilayotgan aksiyada Money Express pul o‘tkazmalari xizmatiga ulangan UnionPay kartalariga amalga oshirilgan pul o‘tkazmalaridan komissiya to‘lovlari undirilmaydi.