Foydalanuvchilarimiz tomonidan eng ko’p so'raladigan savollardan biri, agar rasmiy daromad manbai bo'lmasa, kredit olish mumkinmi degan savoldir.
Xalqimizning o‘ziga xos xususiyati bu bozorlarda savdo qilishdir. Odatdagidek, bozorlarda ishlaydigan odamlar rasmiy daromad olmaydilar. Lekin ular ham boshqalar kabi istalgan maqsad uchun kredit olishni istashadi.
Bugungi kunda Mehnatga layoqatli aholining 40 foizi norasmiy daromad olishini inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki norasmiy daromadga ega bo‘lgan fuqarolar uchun kredit olishda qulaylik yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilayotganligi haqida ma’lum qildi.
Markaziy bank rahbarining soʻzlariga koʻra, Markaziy bank Moliya vazirligi va Iqtisodiy rivojlanish vazirliklari bilan birgalikda statistik maʼlumotlar asosida oʻzini-oʻzi band qilganlar va norasmiy sektorda ish bilan band boʻlgan fuqarolarning oʻrtacha daromadlarini aniqlash mezonlarini ishlab chiqmoqda.
Rasmiy daromad o’zi nima?
Rasmiy daromad - bu rasmiy ish joyidan olingan va soliqqa tortiladigan daromaddir.
Nima uchun bank rasmiy ish joyidan ma'lumotnoma talab qiladi?
Ish bilan ta'minlanganlik to’g’risidagi ma'lumotlar potentsial qarz oluvchi qanchalik ishonchli ekanligini tushunishga imkon beradi. Xususan, bankni quyidagilarni qiziqtiradi:
Ushbu bosqichda kreditor mijozning qarzni muntazam ravishda to'lashiga va yaqin kelajakda barqaror daromad manbaini yo’qotmasligiga ishonch hosil qiladi.
Ammo mehnat daftarchasi yo’qligi odamning pulsiz ekanligini anglatmaydi. Aksincha, statistik ma'lumotlar shuni ko'rsatadiki, bugungi kunda aholining deyarli 40 foizi qonuniy ro'yxatdan o'tishni chetlab o'tib pul ishlamoqda - ular qora ish haqi olishadi, bozorlarda ishlaydilar yoki boshqa ish turlari bilan shug'ullanadilar. Bunday mijozlarning kredit olish imkoniyati bormi? Mavjud variantlarni ko'rib chiqamiz.
Shuningdek, o'zini-o'zi band qilganlar uchun ham banklar yangi kredit mahsulotlarini yaratmoqda.
Shunday qilib, tanlov katta bo'lmasa ham, norasmiy daromadga ega bo'lganlar ham kredit olishi mumkin. Tez orada Markaziy bank norasmiy daromadga ega aholini kreditlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqsa, kreditlar hamma uchun yanada qulayroq bo‘ladi.