Agar siz moliyaviy piramidalar mavjud emas, ularning tuzog‘iga tushmaymiz deb o‘ylasangiz, adashasiz. Ular hozirgi kunda ham mavjud: faqat 2020 yil davomida 220 ta shunday tashkilotlar kashf etilgan.
Agar siz moliyaviy piramidalar mavjud emas, ularning tuzog‘iga tushmaymiz deb o‘ylasangiz, adashasiz. Ular hozirgi kunda ham mavjud: faqat 2020 yil davomida 220 ta shunday tashkilotlar kashf etilgan.
Bugun biz sizlar bilan zamonaviy moliyaviy piramidalar qanday ishlashi haqida gaplashamiz, ularni tekshirishni o‘rganamiz va firibgarlar changaliga tushmaslik uchun qanday choralar ko‘rish lozimligiga alohida to‘xtalamiz.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi, moliyaviy piramidalar o‘zi qanday usulda ishlaydi?
Har qanday moliyaviy piramidalarning asosiy prinsiplari shundaki, eski omonatchilarning rentabelligi yangi omonatchilar hisobiga taʼminlanadi.
Masalan, G‘anisher piramidaga 1 mln.so‘m olib keladi va unga mablag‘ining daromadi oyiga 30 foizni tashkil etishi vaʼda qilinadi.
Keyin Valisher piramidaga 500 ming so‘m olib keladi. Bu pul G‘anisher daromadini qoplaydi.
Toshmat piramida uchun 2 mln. so‘m olib keladi va uning hissasi tufayli piramida egalari G‘anisher va boshqa investorlar uchun foiz to‘lashadi, pul shunday usulda aylanaveradi.
Lekin bilingki, bu noqonuniy usul hisoblanadi va albatta ertami-kechmi yangi sarmoyadorlar oqimi kamaygani sayin, eskilarini boqish ancha mashaqqat tug‘diradi. Buning natijasida esa piramida qulaydi.
Yodingizda bo‘lsa, O‘zbekistonda Ahmadboy tomonidan o‘rnatilgan eng yirik moliyaviy piramidaning qurboniga aylangan minglab insonlar hali-hanuz o‘z mablag‘larini qaytara olmaydi. Undan tashqari, ko‘plab tijorat banklari nomidan ham akkauntlar ochib, aholi mablag‘larini yutuqlar evaziga o‘zlashtirish bilan shug‘ullanayotgan firibgarlik holatlari ham ko‘plab aniqlanmoqda.
Bunday moliyaviy piramidalar qurbonlari asosan moliyaviy savodxonligi yetarli bo‘lmagan, ishonuvchan insonlarni o‘z tuzog‘iga ilintiradi. Hozirgi kunda yana eng urf sanalgan moliyaviy piramidalar veb saytlar orqali premium sahifalar yaratib, eng yuqori sarmoyalarga ega bo‘lish mumkinligini targ‘ib qiladi. Daromadning oyiga 25-30 foiz ko‘rsatilishi esa, aholining qiziqishiga sabab bo‘ladi. Chunki, tijorat banki omonatga yillik daromad 20-21 foiz jalb qilayotgan, bu kabi moliyaviy piramida foizlari albatta aholini chuv tushiradi.
Savol tug‘iladi, moliyaviy piramidada pul topish mumkinmi?
Nazariy jihatdan qaraydigan bo‘lsak – albatta. Agar siz eng birinchi sarmoyadorlar qatoridan o‘rin olgan bo‘lsangiz, chunki esingizda bo‘lsa Ahmadboy voqeasida ham birinchi sarmoyadorlar katta-katta miqdordagi summaga ega bo‘lgan va ular orqali kuchli motivatsion reklama tarqagan. Biroq, piramida hech qachon adolatli bo‘lmaydi, chunki oxir-oqibat bu noqonuniy yo‘l hisoblanadi.
Moliyaviy tashkilot piramida uslubida ishlamasligini qanday aniqlash mumkin?
Bugungi kunda Respublika Markaziy banki rasmiy veb sayti sahifalarida barcha tijorat banklari, kredit tashkilotlari va lombardlar haqidagi maʼlumotlar joylashtirilgan. Agar moliyaviy tashkilot sizda ozgina shubha tug‘dirsa, rasmiy veb saytga murojaat qilib maʼlumotlar bilan to‘liq tanishishingiz mumkin.