Top.Mail.Ru
03-November, 08:46 |  894

Nogiron farzandim bor. Menga qanday soliq imtiyozlari mavjud?

Bolaligidan nogironligi bo‘lgan shaxs, doimiy parvarishni talab etadigan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona soliq imtiyozlaridan foydalanishlari mumkin. Bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki sog‘liqni saqlash muassasasining doimiy parvarish zarurligini tasdiqlovchi tibbiy ma’lumotnomasi asosida beriladi.

Nogiron farzandim bor. Menga qanday soliq imtiyozlari mavjud?

• Soliq to‘lovchilar qisman (daromadlar qaysi oyda olingan bo‘lsa, o‘sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar bo‘yicha) soliq solishdan ozod etiladi.

• Soliq imtiyoziga bo‘lgan huquq kalendar yil davomida vujudga kelgan taqdirda, soliq imtiyozi unga bo‘lgan huquqlar vujudga kelgan paytdan e’tiboran qo‘llaniladi.

Agar soliq to‘lovchi ushbu moddada nazarda tutilgan bir nechta asos bo‘yicha soliq imtiyoziga doir huquqqa ega bo‘lsa, unga xohishiga qarab faqat bitta soliq imtiyozi beriladi.

• Soliq imtiyozini qo‘llash soliq to‘lovchining asosiy ish (xizmat, o‘qish) joyi bo‘yicha, asosiy ish joyi mavjud bo‘lmagan taqdirda esa — yashash joyidagi soliq organlari tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliqni hisoblab chiqarish chog‘ida amalga oshiriladi. Soliq imtiyoziga bo‘lgan huquq yo‘qotilgan taqdirda, soliq to‘lovchi imtiyozga bo‘lgan huquqni yo‘qotgan paytidan e’tiboran o‘n besh kun ichida bu haqda undan soliqni ushlab qoladigan yuridik shaxsga ma’lum qilishi kerak.

 Teglar

Soliq

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish