Mikroqarz — bu belgilangan foizlarni to'lash sharti bilan qisqa muddatga qarzga pul olish imkoniyatidir.
Bugungi kunda onlayn-banking xizmatlari faol rivojlanib, fuqarolarga bir necha daqiqada to'liq masofadan kredit berish imkonini bermoqda. Bu qarz oluvchi uchun tez va qulay, buning uchun faqatgina anketani to'ldirish kifoya va pul darhol kartaga o'tkazib beriladi.
Ushbu maqolada siz turli parametrlarga ko'ra mikroqarz turlarini va shunga ko’ra ularni to'g'ri tanlashni bilib olasiz.
Mikroqarz turlari
Mikroqarzlarni batafsil tushunish va qanday parametrlar bo'yicha tanlash kerakligini tushunish uchun mikroqarzlarni turlari bo'yicha ajratish maqsadga muvofiqdir.
Onlayn mikroqarz olishning eng mashhur usuli - bu bank kartasiga olishdir. Bu usul orqali berilgan kredit tezda o'tkazib beriladi, uni naqdsiz shaklda sarflash yoki bankomat orqali naqd qilish mumkin. Aksariyat banklar o'z kartalariga ham, boshqa banklarning kartalariga ham kredit beradi. Bank hisobvarag'idan ham foydalanish mumkin, ammo pul tushishining sekinligi tufayli bu usul mashhur emas. Transfer 3-5 kungacha davom etishi mumkin.
Internetda turli xil tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz to'lovlarni amalga oshirish uchun elektron hamyonga mikroqarz olish mos keladi. Elektron hamyonni chiqarish kartaga qaraganda osonroq va tezroq, ammo undan naqd pul yechish qiyinroq.
Ba'zi banklar naqd pulda kredit beradi – bunday mikroqarzlar aynan naqd pul kerak bo’lgan shaxslarga to’g’ri keladi. Naqd pulni mijozlarga xizmat ko'rsatish ofislari olish mumkin.
Muddati bo'yicha kreditlarning 2 asosiy turi mavjud:
Har qanday kreditni hech qanday cheklovlarsiz to’liq yoki qisman muddatidan oldin qaytarish mumkin.
Mikroqarzlarni ikki usulda rasmiylashtirish mumkin:
Bu parametrga koʻra, toifalarga boʻlinish yaqinda, yaʼni oʻzini o’zi band qilish tushunchasi amaliyotga joriy etilganidan soʻng va banklar tomonidan ularga mikroqarzlar berila boshlanganidan soʻng mumkin boʻldi. Shunday qilib, qarz oluvchilarga qo'yiladigan talablarga ko'ra mikroqarzlar ikkiga bo'linadi:
Mikroqarzni qanday tanlash mumkin
Eng yaxshi taklifni tanlash uchun har bir kreditning asosiy parametrlarini tahlil qilish va ularni bir-biri bilan solishtirish kerak. Miqdori, muddati va foiz stavkasi yakuniy ortiqcha to'lov nuqtai nazaridan ko'rib chiqilishi kerak. Aynan shu ko'rsatkich kredit narxini ko'rsatadi. Kredit kalkulyatoridan foydalanib, siz turli xil shartlar, miqdorlar, foiz stavkalari bilan bir nechta variantlarni hisoblashingiz va qaysi biri foydalanuvchiga eng mos kelishini ko'rishingiz mumkin. Agar sizga zudlik bilan pul kerak bo'lsa, siz imkon qadar tez va qarz oluvchi uchun qulay tarzda - karta yoki elektron hamyonga beriladigan onlayn mikroqarzlarni tanlashingiz mumkin.
Kredit olishda nimalarga e'tibor berish kerak
Bank bilan muvaffaqiyatli va o‘zaro manfaatli hamkorlik ko‘plab omillarga bog‘liq. Mikroqarz olishda qarz oluvchi uchun quyidagi jihatlar ayniqsa muhimdir.
Mikroqarzlar bozori juda xilma-xil bo'lib, u bir joyda to'xtamaydi, doimiy ravishda yangi xizmatlar, mahsulotlar va qonunlar paydo bo'ladi. Maqolada biz mikroqarzlarning asosiy turlari va foydali taklifni tanlash mezonlari haqida ma'lumot berdik. Ushbu ko'rsatmalarga amal qilgan holda, foydalanuvchilar osongina to'g'ri tanlov qilishlari mumkin.
O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan barcha mikroqarzlar Depozit.uz saytida Mikroqarz sahifasida keltirilgan.