Top.Mail.Ru

Markaziy bank III chorak uchun ikkilamchi uy-joy bozoridagi o‘rtacha narxlarni eʼlon qildi

Respublika Markaziy banki olx.uz, uybor.uz va dom.vsem.uz maʼlumotlariga tayangan holda tayyorlagan maxsus sharhga ko‘ra, O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozori uchinchi chorakda ham ijobiy o‘sish dinamikasini davom ettirdi.

Markaziy bank III chorak uchun ikkilamchi uy-joy bozoridagi o‘rtacha narxlarni eʼlon qildi

Tahlil qilinayotgan davr uchun respublika bo‘yicha ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida narxlar o‘tgan chorakka nisbatan o‘rtacha 2,3 foizga oshdi.

Shu bilan birga, respublikaning 14 ta hududidan 6 tasida o‘rtacha narxlarning pasayish dinamikasi kuzatildi. Eng katta pasayish Xorazm viloyatida (-9,8%) qayd etildi. Ehtimol, ba‘zi hududlarda xuddi shunday tendentsiya birlamchi bozorda uy-joy sotib olishning keng tarqalganligi bilan bog‘liq. Boshqa hududlarda o‘rtacha narxlar darajasi o‘sishda davom etmoqda, deyiladi sharhda.Shu bilan birga, umuman uy-joy bozorida narxlarning o‘sish sur‘ati nisbatan sekinlashgan.  Joriy yilning ikkinchi choragida narxlarning o‘rtacha oshishi 5,7 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich uchinchi chorakda 2,3 foizga pasaygan.

Joriy yilning III choragida ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha tuzilgan bitimlar soni mutlaq ifodada 61,2 mingtani tashkil etdi, bu 2020 yilning shu davriga nisbatan 17,3 foizga ko‘pdir. Oylik statistik ma‘lumotlarni o‘rganish shuni ko‘rsatdiki, avgust oyida joriy yilning iyul oyiga nisbatan 21 foizga ko‘p bitimlar tuzilgan.

Adliya vazirligining Elektron notarial tizimidan olingan so‘nggi ma‘lumotlarga ko‘ra, sentyabr oyida birmuncha pasayish kuzatilgan va avgust oyining mos davriga nisbatan oldi-sotdi shartnomalari 10 foizga kamaygan (2020 yilning shu davri uchun operatsiyalari 40% ga o‘sdi). Ushbu pasayish ko‘chmas mulk bozorida narxlarni yana-da barqarorlashtirishni boshlash uchun birinchi shart bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan.

Xususan, qurilishning o‘sish sur‘ati uy-joy narxiga ta‘sir qiluvchi omillardan biri sifatida qayd etilgan. Hududlar kesimida eng kichik ko‘rsatkich Toshkent shahrida – 0,336, eng kattasi Sirdaryo viloyatida – 1,367, respublika bo‘yicha bu ko‘rsatkich 0,8 foizni tashkil etdi, - deyiladi regulyator bergan sharhda.

15:55 • 28 October, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish