Kollektorlar banklardan undirilishi muammoga aylanayotgan kreditlarni sotib oladi va bu tashkilot yordamida banklar o’zining muammoli aktivlarini undirishda ijobiy ko’rsatkichga ega bo’ladi.
Soddaroq qilib aytganda, masalan bank A ismli mijoziga 14 oy muddatga yillik 21% da kredit ajratgan, lekin A ismli shaxs bu kredit to’lovini dastlabgi 4 oy mobaynida belgilangan vaqtda qaytargan. Keyinchalik 5-6 oyga kelib A ismli shaxs kredit to’lovini vaqtida bajarmasda, 7-oydan esa umuman to’lov qilmay bankning daromadiga zarar keltirmoqda. Bank esa shu vaziyatda kollektorlarga holat haqida xabar beradi va bunda kollektorlar bankdan A ismli shaxsning kreditini yillik 17% da sotib oladi. Shundan so’ng bank ko’zlangan daromad emas balki undan kamroq foyda oladi va natijada muammoli aktivlarining sonini qisqartiradi bundan esa bank yuqori natijaga erishishi mumkin.
Bankdan kreditni sotib olgan kollektorlar A ismli shaxsdan nima qilib bo’lsa ham yillik 21% dan berilgan kreditni vaqtida to’lov qilishga majburlaydi.
Kollektorlar mijozlardan kredit to’lovlarini vaqtida berish uchun quyidagi tartibda harakat qilishadi:
- Mijozni ko’rmay turib unga qo’ng’iroq qilib(yoki mijozning ijtimoiy tarmoqlardagi messenjeriga xabar yuborishadi) vaqtida to’lash haqida og’zaki talab qilishadi.
Agar mijozdan tinch yo’l bilan ya’ni ishontirish va doimiy qo’ng’iroqlar orqali ijobiy natijaga erishish mumkin bo’lmasa, unda kollektorlar sudga murojaat qilishadi va sud orqali mijozga nisbatan qonuniy turli xil usullardan foydalangan holda undirishga harakat qilishadi.
- Agar qarzdor muammoni tinch yo’l bilan hal etishga rozi bo’lib haqiqatdan ham to’lashni istasa, kollektorlardan qarzni qayta tuzishni, yangi kelishuv va to’lov jadvalini tuzishni so’rashlari mumkin. Agar hujjatlar kollektor va mijoz tomonidan tasdiqlanib bo’lgan bo’lsa bu yuridik kuchga ega bo’ladi va bunda ham mijoz qarzni qaytarishda muammo qilsa kollektorlar tomonidan qo’shimcha jarima(bu mijoz va kollektor shartnomasida ko’rsatilgan bo’ladi) qo’llaniladi.
- Agar yuqoridagi holatlarda ham mijoz tomonidan ijobiy natija bo’lmasa u holda kollektorlar mijozning mol-mulkini o’rganib chiqishadi bunda mijoz tomondan ixtiyoriy ravishda rozilik beriladi. Har qanday tahdid, yoki zo’ravonliklar mavjud bo’lsa qarzdor huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etish huquqiga ega bo’ladi. Agarda mijozning o’zi mol-mulkini berish orqali qarzidan qutilishi mumkinligini bilib rozilik bersa, bunda kollektorlar mijozning mol-mulkini musodara qilishadi.
Eslatma! O’zbekiston Respublikasida hozircha kollektorlar faoliyatiga ruxsat berilmagan. Yuqorida keltirib o’tganlarimizning barchasi Rossiya davlatidagi kollektorlar faoliyati haqida.