23 Sep 2021 |  224

Ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalari soliq organlarida hisobga qo‘yiladi

"Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va Qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.

Ko‘chmas mulkni ijaraga berish shartnomalari soliq organlarida hisobga qo‘yiladi

"Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yanada takomillashtirish va Qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.

Hujjat intizomli soliq to‘lovchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, inson omilining taʼsirini cheklash orqali qo‘shilgan qiymat solig‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, soliq xavfi yuqori darajada bo‘lgan kontragentlar bilan bitimlarni amalga oshirishni cheklash bo‘yicha profilaktika choralarini ko‘rish masalalariga taalluqlidir.

Qarorga ko‘ra:

  • xavfga asoslangan yondashuvni qo‘llash amaliyoti QQS to‘lovchilarni soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartib-taomillariga tatbiq etish bilan kengaytiriladi;
  • intizomli soliq to‘lovchilarga o‘rni qoplanishi lozim bo‘lgan QQS summasini qaytarish tezlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi;
  • intizomli soliq to‘lovchilarning ro‘yxati Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tahlika-tahlil dasturi asosida shakllantiriladi hamda o‘z rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi.

Shuningdek, QQS to‘lovchilarni soliq organlarida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazishda arizalar 7 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Arizani ko‘rib chiqish natijalari shu muddatda taqdim etilmaganda, QQS to‘lovchiga maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma avtomatik ravishda beriladi.

2022-yil 1-yanvardan QQS to‘lovchilar va ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foizdan ko‘proq miqdorda bo‘lgan yuridik shaxslar uchun quyidagilar majburiy hisoblanadi:

  • asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni davlat soliq organlarining “E-aktiv” avtomatlashtirilgan avtomat tizimida aks ettirish;
  • xo‘jalik faoliyati davomida tovar-moddiy zaxiralar saqlash muddati tugagach yo‘q qilinganda va hisobdan chiqarilganda 3 ish kunidan kechiktirmasdan “E-aktiv” AATda aks ettirish.

2022-yil 1-yanvardan yuridik shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yiladi. Bunda hisobga qo‘yish masofadan turib faqat elektron shaklda amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, qaror bilan Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarini soliq organlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

 Teglar

Soliq

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish