Joyda - uydan chiqmasdan xarid qiling!
Joyda – bu O’zsanoatqurilishbank tomonidan taqdim qilingan, o’zida to’lov va bank xizmatlari, shuningdek onlayn savdo maydoni – marketpleys xizmatlarini jamlagan ilovadir. Ya’ni ilova orqali onlayn mikroqarz olib, savdo maydonida ko’rsatilgan tovarlarni (mobil telefon, televizor, noutbuk va hokazo) muddatli to’lovga xarid qilishingiz mumkin. Toshkent shahri bo’ylab bepul yetkazib berish xizmati ham bor.
Joyda ilovasi orqali quyidagi xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
• Mobil aloqa;
• Kommunal xizmatlar;
• Internet provayderlar;
• Davlat tashkilotlari xizmatlari;
• Televideniye xizmatlari;
• Telefoniya;
• Transport;
• Soliqlar;
• Sug’urta xizmatlari;
• Kreditni so’ndirish;
• Ta’lim;
• Xayriya;
• Elektron hamyon, o’yinlar,
ijtimoiy tarmoqlar hisobini to’ldirish va hokazo.
Ilova asosiy oynasi tepa qismida qulay qidiruv qatori bor bo’lib, ushbu bo’limlardagi kerakli xizmat uchun to’lovni amalga oshirish uchun xizmat nomini yozish kifoya (masalan, Ucell yoki Webmoney). Va kerakli xizmat uchun ekranni bir necha bor bosish bilash to’lov amalga oshiriladi.
O’tkazmalar uchun komissiya barcha yo’nalishlar uchun (Uzcard- Uzcard, Uzcard-Humo, Humo- Uzcard, Humo- Humo) – 0,5% qilib belgilangan. O’zsanoatqurilishbank kartalari o’rtasida esa komissiya 0%.
Ilovada barcha kerakli bank xizmatlaridan masofaviy foydalanish mumkin. Yagona shart “Identifikatsiyadan o’tgan foydalanuvchi” maqomini olish talab qilinadi.
Buning uchun:
• O’zsanoatqurilishbank kartasini ilovaga qo’shish,
• Ilovada istalgan tovarni muddatli to’lov asosida xarid qilish va uni kuryer orqali qabul qilish,
• Yoki bankka bir marta kelib shaxsingizni tasdiqlashingiz kerak bo’ladi.
Asosiy ekranda ikkita bo’lim bor: “Bankim” va “Magazin”.
“Bankim” bo’limida onlayn omonat ochishingiz, onlay kredit rasmiylashtirishingiz, valyutalarni ayirboshlashingiz, Uzcard, Humo yoki Visa kartasini yetkazib berish bilan buyurtma qilishingiz, xalqaro pul o’tkazmalari xizmatlaridan foydalanishingiz (masalan, Zolotaya korona), kartadan kartaga, bank hisobiga pul o’tkazishingiz va To’lovlar bo’limidagi xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.
“Magazin” bo’limida esa, kategoriyalarga ajratilgan tovarlardan kerakligini tanlab, uning texnik xarakteristikasi bilan tanishib, solishtirib, o’zingiz uchun eng maqbul muddatli to’lov shartlarini taklif qilayotgan sotuvchidan xarid qilishingiz mumkin.
Xulosa qiladigan bo’lsak, Joyda - bank ilovalari ichida marketpleys xizmatini taqdim qiladigan eng yaxshi ilovalardan biridir!
Barcha ilovalar komissiyalari bilan Depozit.uz saytining To’lovlar sahifasida tanishishingiz mumkin.