Iste'mol kreditlari bo'yicha xulosalar qilamiz.
Iste'mol krediti — bu tovar yoki xizmatlar sotib olish uchun bankdan kredit sifatida olish mumkin bo'lgan puldir.
O‘zbekiston Respublikasining 2006 yil 6 maydagi 33-sonli “Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi qonuniga ko’ra,
Iste’mol krediti jismoniy shaxsga (iste’molchiga) uning iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditdir.
Iste'mol kreditini qanday maqsadlar uchun olish mumkin?
Iste'mol krediti aslida universal kredit bo'lib, u orqali bir qancha turli maqsadlarni amalga oshirish mumkin. Ko'p hollarda, mijozlar quyidagi maqsadlar uchun bankdan pul oladilar:
Iste'mol krediti olish uchun ariza topshirishda faqat pasport talab qilinadi. Qarz oluvchi doimiy daromadga ega bo'lishi kerak, bank daromadlar to'g'risidagi ma'lumotlarni mustaqil ravishda olishi mumkin. Agar kredit bo’yicha garov talab qilinsa, u holda garov hujjatlari ham taqdim etiladi.
Iste'mol krediti mijoz mahsulot yoki xizmatni sotib olgan tashkilotning hisob raqamiga pul o'tkazish yo'li bilan taqdim etiladi.
2023-yil dekabr holatiga ko‘ra, 35 ta bankdan 14 tasida iste’mol kreditlarini rasmiylashtirish mumkin. Bundan tashqari, bir qator banklar qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari va energiya tejash tizimlarini imtiyozli shartlarda sotib olish uchun iste’mol kreditlarini ajratishni yo’lga qo’ygan.
Iste'mol kreditini tanlashda biz birinchi navbatda foiz stavkasiga, keyin esa boshqa shartlarga qaraymiz. Ammo past foiz stavkasi har doim ham kredit bo'yicha foyda va imtiyozlarni anglatmaydi, shuning uchun kreditning boshqa shartlarini ham diqqat bilan o'rganish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun Depozit.uz saytidagi iste’mol kreditlari sahifasiga o‘tish kifoya.
O'zbekiston banklarida mavjud barcha iste'mol kreditlari shartlari bilan Iste'mol krediti sahifasida tanishishingiz mumkin.