Top.Mail.Ru

Ikkilamchi bozordan uy-joyni ipoteka krediti bilan sotib olishning o'ziga xos xususiyatlari

Banklarning ipoteka dasturlari ikkilamchi bozorda ham uy-joy sotib olish imkonini beradi. Bu shaxsiy uy-joy sotib olishning qulay va hamyonbop usulidir.

Ikkilamchi bozordan uy-joyni ipoteka krediti bilan sotib olishning o'ziga xos xususiyatlari

Ipoteka sotib olinayotgan uy-joy garovi ostida kredit berilishini nazarda tutadi. Bank ikkilamchi uy-joy uchun ipoteka krediti ajratishi uchun mijoz ob'yektni tanlash va hujjatlarni tayyorlashga mas'uliyat bilan yondashishi kerak. Ikkilamchi bozorda kvartira sotib olish birlamchi bozordagi bitimdan farq qiladi. Nimalarga e'tibor berish kerakligi haqida bugungi maqolamizda tanishamiz.

Ikkilamchi uy-joy nima?

Ikkilamchi uy-joy bozori tarkibiga shaxsiy egasi bo'lgan har qanday uy-joy kiradi. Bunda uy egasi shu uyda yashashi yoki yashamasligi muhim emas. Uy-joy foydalanishga topshirilishi va uy egasining mulk huquqi ro'yxatdan o'tkazishi bilan uy-joy avtomatik ravishda ikkilamchi uy-joy fondiga o'tkaziladi va bu holda sotuvchi bo’lib bevosita uy egasi – jismoniy shaxs hisoblanadi. 

Ikkilamchi ipotekaning qanday afzalliklari bor?

Birlamchi va ikkilamchi bozorlar uchun ipotekani taqqoslasak, ikkilamchi uy-joyning bir qator afzalliklari namoyon bo'ladi:

  • oldi-sotdi kelishuvi amalga oshirilganidan so'ng darhol yangi kvartiraga ko'chib o'tish imkoniyati;
  • Hududning yo‘lga qo‘yilgan infratuzilmasi, yaqin atrofdagi bolalar bog‘chasi, maktab yoki poliklinika qurilishi tugashini kutishga hojat yo‘q.
  • Ikkilamchi uy-joyning kvadrat metri narxi odatda pastroq bo'ladi, kvartiralarning o'zi kichikroq maydonga ega bo'ladi. Agar oilaviy daromad yangi qurilgan uylardagi katta kvartira uchun ipoteka olish imkonini bermasa, ikkilamchi kvartirani sotib olish juda to’gri yechim bo'ladi.
  • Kvartirani sotib olgandan so'ng, darhol ta'mirlash ishlarini boshlash mumkin.
  • Uzoq muddatli qurilish va ishlab chiqaruvchi tomonidan loyihani yakunlash muddatini uzaytirilishi bilan bog'liq muammolar bo’lmaydi.

 

Ikkilamchi uy-joy uchun ipotekaning kamchiliklari nimada?

Albatta, ikkilamchi uy-joylarning kamchiliklari bor, ular orasida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  • Ehtiyotkorlik bilan tekshirishni talab qiladigan kvartiraning tarixi. Ikkilamchi uy sotib olishda uchinchi shaxslarning manfaatlari bilan bog’liq holatlar ko’p uchraydi, natijada bunday uy-joyning sotilishi jarayoni sudgacha borishi va xaridor uysiz va to'lanmagan ipoteka bilan qolishi ham mumkin.
  • Ikkilamchi kvartirani sotib olishda imtiyozli ipoteka olish imkoniyati cheklangan, chunki ajratilgan limit tugashi bilan ikkilamchi uy-joy uchun imtiyozli ipoteka krediti berilishi to'xtatiladi. Umuman olganda ham, ikkilamchi bozor bo'yicha ipoteka foiz stavkalari birlamchiga qaraganda yuqoriroq bo'lishi mumkin.
  • Ikkilamchi ko'chmas mulk bozorida kvartiralarni tanlovi cheklangan. Mos kvartirani tez topish imkoniyati deyarli yo’q.
  • Ko'p hollarda ikkilamchi uylarda noqonuniy o'zgartirishlar amalga oshiriladi. Agar bu narsa oldindan ma'lum bo'lsa yaxshi, ammo agar bunday ma'lumot kvartirani tekshirish paytida aniqlansa, ipoteka krediti rad etilishiga sabab bo’lishi mumkin.

 

Ikkilamchi uyni ipoteka bilan sotib olayotganda nimalarni e'tiborga olish kerak?

Uy-joyni tanlashda quyidagilarni tekshirish kerak:

  1. Mulkka egalik qilish bo’yicha hujjatlar. Depozit qo'yish yoki biron bir kelishuvni amalga oshirishdan oldin sotuvchidan mulk guvohnomasini so'rang. U haqiqiy egasi kim ekanligini va qanday asosda mulk huquqi paydo bo'lganligini ko'rsatadi. Pasport ma'lumotlarini hujjatda ko'rsatilganlar bilan diqqat bilan solishtiring.
  2. Davlat kadastr reyestridan ko‘chirma. Ushbu hujjat sizga kvartiraning tarixi haqida ma'lumot beradi: u necha marta sotilgan, arestga olinganmi, ta’qiq qo’yilganmi va boshqalar.
  3. Kvartiraning holati va tartib o’zgartirilganligi. Sotuvchidan kadastr pasportini so'rang. Hujjatdagi sxemani haqiqiy tartib bilan solishtiring. Agar arxitektura bo'limining ruxsatisiz biron bir o'zgartirish kiritilgan bo'lsa, bu ma'muriy huquqbuzarlik hisoblanadi. Sotish va qayta ro'yxatdan o'tkazishda muammolar paydo bo'ladi.
  4. Uy kitobidan ko'chirma. Hujjatda kvartirada qancha odam ro'yxatga olinganligi va voyaga yetmagan bolalari bor-yo'qligi ko'rsatiladi. Kvartirani sotishda sotuvchi turmush o'rtog'ining notarial tasdiqlangan roziligini taqdim etishi kerak. 

Kvartiraga qo'yiladigan talablar

Ikkilamchi uy-joy uchun ipoteka berishda banklar mulkka bir qator talablarni qo'yadilar. Ko'chmas mulk shubhali hisoblanadi, agar u:

  • ko'p marta sotilgan yoki oxirgi bir yilda 2 martadan ortiq oldi-sotdi qilingan bo’lsa;
  • bir necha shaxslarga tegishli bo'lsa;
  • buzish, rekonstruksiya qilish uchun mo‘ljallangan yoki avariyaviy holatda bo’lsa.

 

Ipoteka kreditlari faqat butun mamlakat bo‘ylab shahar va qishloqlardagi turar-joy ko‘chmas mulkiga beriladi.

Ikkilamchi uy-joy uchun ipoteka olish bosqichlari

Ikkilamchi bozorda uy sotib olish bir necha bosqichda amalga oshiriladi:

Kvartira tanlashdan boshlab yangi uy egasiga aylanishgacha bo'lgan standart jarayon bir necha bosqichlardan iborat:

  1. 1. Banklarning ipoteka takliflarini tahlil qilish, kredit muddati va foizlarni hisobga olgan holda oylik xarajatni belgilash. Boshqacha qilib aytganda, ushbu bosqichda siz bankni va tegishli shartlarga ega ipoteka dasturini tanlaysiz.
  2. 2. To'ldirilgan ariza shaklini bank filialiga topshiring.
  3. 3. Kvartirani tanlang.
  4. 4. Mol-mulkni bank bilan kelishilgan holda mustaqil ekspert bilan baholang.
  5. 5. Hujjatlar to'plamini bankka topshiring.
  6. 6. Ob'yektning bank tomonidan tasdiqlanishini kuting.
  7. 7. Oldin-sotdi shartnomasini tuzing va boshlang’ich to’lovni o'tkazing.
  8. 8. Ipoteka shartnomasini imzolang.
  9. 9. Kvartiraga egalik huquqini ro'yxatdan o'tkazing.
  10. 10. Uy-joyni qabul qilish dalolatnomasini imzolash orqali bitimni tasdiqlang va xonadon egasiga aylaning.

Bank egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatni olganida, sotuvchi hisob raqamiga pul o’tkazib beradi.

Har bir bosqich qancha davom etishi bankka, sotuvchiga, xaridorga va boshqa barcha ishtirokchilarga bog'liq. O'rtacha, bu jarayon bir oy davom etadi.

Ikkilamchi uy-joy uchun ipoteka olish uchun hujjatlar

Ipoteka krediti shartnomasi qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida bank tomonidan tuziladi. Shaxsiy hujjatlarga qo'shimcha ravishda quyidagilarni taqdim etish kerak:

  • • birgalikda qarz oluvchi va kafilning pasporti, daromadlari to‘g‘risidagi guvohnomalari, agar ular kreditda ishtirok etgan bo‘lsa;
  • • sotuvchining pasporti, uning oila tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, turmush o‘rtog‘ining kvartirani sotishga roziligi;
  • • mulkchilik guvohnomasi va uni tasdiqlovchi hujjat (oldi-sotdi, meros, hadya shartnomasi), davlat kadastr reestridan ko‘chirma;
  • • BTIdan va kommunal to'lovlar bo'yicha qarzlar yo'qligi to'g'risidagi ma'lumotnomalar, uy-joy uchun kadastr pasporti;
  • • oldi-sotdi shartnomasi;
  • • kvartirada og'irliklar yo'qligini tasdiqlash;
  • • baholash ekspertizasining xulosasi.

 

Ikkilamchi bozorda kvartira sotib olayotganda, javobgarlikning katta qismi qarz oluvchiga tushadi. U sotuvchini va mulkning qonuniy tomondan tozaligini diqqat bilan tekshirishi kerak. Agar sotuvchi firibgar bo'lib chiqsa, qarz oluvchi uysiz qoladi, kredit to'lovlarini esa davom ettirishi kerak bo'ladi.

O'zbekiston banklarida mavjud barcha ipoteka kreditlari shartlari bilan Ipoteka krediti sahifasida tanishishingiz mumkin.

15:17 • 14 November, 2023

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish