Mikroqarz – bank mahsulotlari orasida internet qidiruv tizimlarida eng ko’p kiritiladigan so'rovlardan biridir.
Buning sababi shundaki, bu mahsulot turli xil hayotiy vaziyatlarda har qanday odam uchun zarur bo'lishi mumkin. Ammo, afsuski, ko'plab takliflar orasida to'g'ri mikroqarzni izlash va topish juda qiyin va ko’p vaqt talab etadi. Bunda Depozit.uz saytining mikroqarz sahifasi eng foydali mikroqarzni ko‘rish, taqqoslash va tanlash uchun juda foydali va samarali bo‘ladi.
Depozit.uz sayti foydalanuvchilarga bozorda mavjud bo'lgan xizmatlar xilma-xilligini tushunish va o'zlari uchun eng yaxshi taklifni osongina tanlashga yordam berish uchun yaratilgan.
Bizning saytimizda siz nafaqat barcha banklardan mikroqarzlar berish shartlari bilan tanishishingiz, balki qo'shimcha funktsiyalardan ham foydalanishingiz mumkin. Taqqoslash ro'yxatiga takliflar qo'shishingiz va o'xshashlik va farqlarni vizual tarzda ko'rishingiz mumkin. Ro'yxatni kerakli tartibda, masalan, maksimal kredit miqdori bo'yicha tartiblash mumkin. Bundan tashqari, turli xil filtrlar sizga tanlangan ko'rsatkich bo'yicha mikroqarz yoki tashkilotni tanlash imkonini beradi. Shunday qilib, siz 18 yoshdan boshlab, kartada yoki naqd pulda va boshqa bir qator talablarga muvofiq mikroqarz beradigan barcha banklarni topishingiz mumkin.
Sahifada mikroqarzlar foiz stavkalarining ortib borish tartibida keltirilgan. Shuningdek, mikroqarz bo’yicha asosiy ma'lumotlar ham taqdim etiladi - kredit muddati, maksimal miqdor va garov turi. Kredit haqida ma'lumotlar bo'limiga o’tib, ma'lum bir mikroqarzning batafsil shartlari bilan tanishish mumkin.
Kompyuterdagi ko’rinishi | Mobil versiya |
Shu bilan birga, har bir bankning mikroqarzlari birlashtirilgan. Asosiy sahifada har bir bankdan eng past foiz stavkasiga ega bo'lgan mikroqarz ko'rsatiladi va "Yana takliflar" tugmasini bosganda tanlangan bankning qolgan joriy mikroqarzlarini ko'rish mumkin.
Kompyuterdagi ko’rinishi | Mobil versiya |
Mikroqarzlar individual parametrlar asosida tanlanishi mumkin. Buning uchun filtrlar bo'limida kredit miqdori va muddatini tanlashingiz kerak. Sizning qidiruv mezonlaringiz asosida mos mikroqarzlar tanlanadi. Shuningdek, ajratish usuli bo‘yicha – bank filiallari yoki mobil ilova orqali, garov turi – mol-mulk garovi, kafillik, sug‘urta polisi yoki garovsiz hamda alohida bank mikroqarzlarni tanlash mumkin.
Kompyuterdagi ko’rinishi | Mobil versiya |
O'zingiz uchun bitta asosiy va qo'shimcha muhim parametrlarni aniqlashni maslahat beramiz. Bu sizning qidiruvingizni tezlashtirishga yordam beradi. Masalan, asosiy parametr - bu miqdor, sizga 10 000 000 so'm kerak va undan kam emas. Ya'ni, birinchi navbatda, 10 000 000 so'm miqdorida kredit beradigan barcha banklar tanlanadi. Keyin olingan ro'yxat qo'shimcha jihatlar bo'yicha filtrlanishi kerak. Misol uchun, qarz oluvchi naqd pul olish yoki arizani tez ko'rib chiqishdan manfaatdor. Natijada, faqat asosiy so'rovga to’gri keladigan takliflar qoladi.
Shunday qilib, Depozit.uz saytida mos mikroqarz tanlash uchun:
O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan barcha mikroqarzlar Depozit.uz saytida Mikroqarz sahifasida keltirilgan.