Top.Mail.Ru

Banklar kredit berishdan oldin qarz oluvchilarni qaysi ko'rsatkichlar asosida tekshiradi?

Bank kredit berishdan oldin, mijozning qarzga olingan pulni to'liq va o'z vaqtida qaytarishiga ishonch hosil qilishi kerak. Buning uchun kredit tashkilotlari qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholashning turli qoidalari va usullarini ishlab chiqadilar. Ushbu qoidalar barcha mijozlar uchun amal qiladi.

Banklar kredit berishdan oldin qarz oluvchilarni qaysi ko'rsatkichlar asosida tekshiradi?

Bank tekshiruvining umumiy qoidalarini bilib, siz kredit tasdiqlanishi yoki rad etilishi ehtimolini oldindan baholay olasiz va agar zarur bo'lsa, ularga moslashishga harakat qilasiz. Bizning saytimizda siz o'zingizning kredit layoqatingizni dastlabki baholash uchun kredit tarixingiz va boshqa ko'rsatkichlarni tekshirishingiz mumkin.

Kredit tarixini baholash

Kredit tashkilotlari birinchi navbatda kredit tarixiga e'tibor beradi. Bu potentsial mijozning ishonchliligini va qarzni to'lamaslik ehtimolini aniqlashning eng oson usuli.

Tekshiruv jarayonida bank quyidagi ko'rsatkichlarga e'tibor beradi:

  • yopilgan va amaldagi kreditlar soni;
  • muddati o’tgan to’lovlar soni va davomiyligi – asosiy e’tibor 30 kun va undan ortiq kechikishlarga qaratiladi.

Kredit tarixining yo'qligi ham salbiy omil hisoblanadi. Bunday vaziyatda bank uchun kreditni qaytarish ehtimolini prognoz qilish va mijozning ishonchliligini baholash qiyinroq.

Agar mijoz barcha kreditlarni o'z vaqtida to'lagan bo'lsa va muddati o’tgan to’lovlarga yo’l qo’ymagan bo’lsa, katta ehtimol bilan kredit ma'qullashi mumkin. Aksincha, tez-tez kechikishlar mijozning ishonchliligi past ekanligini ko'rsatadi. Bunday qarz oluvchiga deyarli har doim kreditlar rad etiladi.

Kredit tarixini tekshirmaydigan banklar bormi?

Internetda qarz oluvchining kredit tarixini tekshirmasdan beriladigan kreditlar haqida juda ko'p ma'lumotlar mavjud. Aslida, bu noto'g'ri ma'lumot - bunday kreditlar mavjud emas. Hatto mikrokredit tashkilotlari ham bo'lajak qarz oluvchilarning kredit tarixini tekshiradi. Lekin mikrokredit tashkilotlari orasida buzilgan tarixga ko‘z yumib, qarzdor shaxslarga ham kredit berayotganlar bor.

Hujjatlarni tekshirish

Keyingi bosqichda bank qarz oluvchi arizaga ilova qilgan hujjatlarni ko'rib chiqishi kerak. Ulardan olingan ma'lumotlar mijozning shaxsini tasdiqlashga va uning ishonchliligini baholashga yordam beradi. Shuningdek, hujjatlarning haqiqiyligi va rasmiylashtirilganligi tekshiriladi.

Hujjatlar to'plamining tarkibi bankning aniq taklifiga, kreditorning talablariga va mijozning turiga bog'liq. Ko'pincha, pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat va daromad to'g'risidagi hujjatlarni talab etiladi. Agar qarz oluvchi tadbirkor bo'lsa, bank ta'sis hujjatlari, moliyaviy hisobotlar va soliq deklaratsiyasini talab qilishi mumkin. Agar kredit uchun garov talab etilsa - garovga qo'yilgan mol-mulk uchun hujjatlar so’raladi.

Mijoz o'zi haqida qanchalik ko'p ma'lumot bersa, tashkilot uni shunchalik yaxshi baholay oladi. Xatolar bilan tuzilgan yoki yetarli maʼlumotga ega boʻlmagan hujjatlar bank tomonidan rad etiladi va ularni almashtirish talab qilinadi. Agar biron bir ma'lumot soxta bo'lib chiqsa, bunday qarz oluvchi qora ro'yxatga olinadi.

Kreditlar reklamasida bitta pasport bilan kredit berish imkoniyati haqida aytilsa, bu istalgan miqdorda kredit olishingiz mumkin degani emas. Agar arizachining rasmiy daromad manbalari bo'lmasa, hech qanday bank kredit bermaydi. Ko'pincha bunday takliflar ba'zi qo'shimcha shartlarga ega, masalan, ular ma'lum bir toifadagi mijozlar uchun, masalan, shu bankdan ish haqi oladigan shaxslarga mo'ljallangan bo’ladi. Boshqa qarz oluvchilarga kengroq hujjatlar to'plami kerak bo'ladi.

Qarz oluvchining daromadini o'rganish

Tasdiqlanishi mumkin bo'lgan maksimal kredit miqdorini hisoblashda bank qarz yuki darajasini hisoblab chiqadi. Bu ko'rsatkich kredit turiga qarab 50-70% bo'lishi kerak. Ya'ni, barcha mavjud va yangi kreditlar bo'yicha xarajatlar qarz oluvchi daromadining 50-70 foizidan oshmasligi kerak.

Skoring baholash natijalari

Kreditni tasdiqlash uchun yakuniy ko'rsatkich skoring natijalari hisoblanadi. Bu holatda asosiy ko'rsatkichlar skoring balli va reytingidir.

Taxminiy kredit ballari darajalari va ularning ifodasi quyidagi jadvalda keltirilgan:

BallReytingTavsifi
401-500A1, A2A’lo ball, tasdiqlash ehtimoli yuqori
301-400B1, B2Yaxshi ball, tasdiqlash ehtimoli yaxshi
201-300C1, C2O’rtacha ball, kredit ma’qullanishi mumkin
101-200D1, D2Qoniqarli ball, kredit olish ehtimoli past
1-100E1, E2Yomon ball, kredit rad etiladi

Ba'zi banklar muddati o’tgan to’lov bir marta bo’lishiga ham ruxsat bermaydilar va skoring natijalariga ko'ra, kechikishlar bo'lsa, sizga rad javobi beriladi.

Ba'zi banklar ma'lum vaqt oralig'ida kechikishning alohida holatlariga ruxsat beradi (odatda 30 kungacha kechikishlarga ruxsat beriladi), shuning uchun siz bunday banklarda skoring tekshiruvidan o'tishingiz mumkin.

Yuqori ballni quyidagilar beradi:

  • ilgari olingan kreditlar uchun yaxshi kredit tarixi;
  • qarz oluvchining ko'chmas mulki, avtomobili, hisobvaraqlari va depozitlarida mablag’lari mavjudligi;
  • mehnatga layoqatli yoshi;
  • ohirgi ish joyida uzoq muddat davomida ishlashi va h.k.

Albatta, oxirgi xulosani kredit mutaxassisi deradi, lekin ko'p hollarda qarorlar dastlabki tekshirish vaqtida kompyuter tomonidan qabul qilinadi. Skoring jarayonida to'lov qobiliyati hisob-kitoblaridan o'tmagan, asosiy talablarga, masalan, yoshi yoki ish stajiga ko'ra va hokazo ko’rsatkichlar bo’yicha javob bermaydigan mijozlar avtomatik ravishda chiqib ketadi.

Shunday qilib, bank sizning kredit arizangizni ma'qullashiga ishonch hosil qilish uchun:

  • 30 kundan oshgan muddati o'tgan to'lovlaringiz bo'lmasligi kerak (qarzni allaqachon to'lagan bo'lsangiz ham, bank kreditni rad etishi uchun 30 kundan ortiq kechikish yetarli bo'ladi);
  • bank tomonidan talab qilinadigan hujjatlarning to'liq paketini taqdim etishingiz kerak (agar hujjatlarda kamchiliklar mavjud bo'lsa, bank kreditni tasdiqlamaydi);
  • so'ralayotgan va mavjud kreditlarni to'lash uchun yetarli daromadga ega bo'lishingiz kerak (qarz yuki darajasi 70% dan ko'p bo'lmagan holda);
  • 250 dan yuqori skoring ball va C1 skoring reytingiga ega bo'lishingiz kerak.

Siz kreditga layoqatliligingizning shu va boshqa koʻrsatkichlarini Depozit.uz saytining Kreditga layoqatlilikni tekshirish sahifasida tekshirishingiz mumkin.

18:20 • 29 August, 2022
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish