Top.Mail.Ru

Annuitet va oddiy to'lov: kim uchun qaysi biri qulayroq?

Annuitet va oddiy to'lovning farqlari, o'ziga xos xususiyatlari, afzallik va kamchiliklari

Annuitet va oddiy to'lov: kim uchun qaysi biri qulayroq?

Annuitet va oddiy to'lov: kim uchun qaysi biri qulayroq?

Annuitet va oddiy to'lov nima?

Qarzni to'lashning butun davrida kredit bo’yicha to’lov o'zgarishsiz qoladigan, ammo uning tuzilishi o'zgarib turadigan oylik to'lovlar sxemasi annuitet deb ataladi. Birinchi oylarda asosiy qism foizlardan iborat bo'lib, u ham bank, ham ayrim toifadagi mijozlar uchun qulaydir. Banklar shu tariqa kredit muddatidan oldin qaytarilganda foyda yo'qotilishidan himoyalanadi. Shu bilan birga, barqaror belgilangan daromadga ega qarz oluvchilar uchun ham doimiy bir xil miqdordagi mablag' to’lab borish qulayroqdir. Ushbu to'lov turi sizni har oy jadvalni tekshirish va pulni zaxiralash zaruriyatidan ozod qiladi, bir xil miqdordagi to'lov esa o’z mablag’laringizni to’g’ri rejalashtirishga yordam beradi.

O'z navbatida, annuitet to'lovidan farqli o'laroq, differentsiallangan to'lov turida  birinchi oylarda to’lov miqdori katta bo’ladi. Uning tarkibi kredit bo'yicha foizlar va butun davr uchun teng taqsimlangan asosiy qarzdan iborat bo’ladi. Foizlar esa asosiy qarz qoldig’iga nisbatan hisoblanadi. Shu sababli, birinchi oylarda to'lovlar miqdori katta bo'lib ko'rinadi, ammo muddat oxiriga kamayib boradi va minimal darajaga yetadi. Bu usul o'zgaruvchan daromadga ega bo’lgan qarz oluvchilar uchun qulaydir va qarzni muddatidan oldin to'lash orqali ortiqcha xarajat qilishni oldini oladi.

To'lov sxemalari o'rtasidagi asosiy farqlar

Yuqorida aytib o'tilganlarni umumlashtirib, bu ikkita to’lov usulining asosiy farqlarini ajratib ko'rsatishimiz mumkin.

Annuitet to'lovining asosiy xususiyatlari quyidagicha:

• oylik to'lovlar miqdori butun davr davomida o'zgarmaydi;

• foizlar to'lovning joriy miqdori bo'yicha hisoblanadi;

• kredit bo’yicha asosiy qarzning teng taqsimlanmaganligi;

• muddat boshida asosiy qarz miqdorining foizlarga nisbatan kamligi;

• har oylik to'lovlar kreditning butun davri mobaynida o’zgarmasligi.

Differentsial to'lov usulida esa:

• kredit muddati kamayishi bilan to'lovlar miqdori ham kamayadi;

• foizlar asosiy qarz qoldig'iga nisbatan hisoblanadi;

• kredit bo’yicha asosiy qarz har oyga teng qismlarga bo'linadi;

• eng katta to'lovlar muddat boshiga to'g'ri keladi;

• har bir yangi oyda kredit bo’yicha asosiy qarz qoldig'ida kamroq foizlar hisoblanadi.

Qaysi to'lov usuli kimga mos keladi?

Annuitet yoki oddiy turdagi to'lovni tanlash, asosan kreditning maqsadlari va qarz oluvchining moliyaviy holati bilan bog'liq. Agar maqsad kattaroq miqdorda mablag' olish bo'lsa, lekin foizlar bo’yicha ortiqcha to'lovlar muhim ahamiyatga ega bo’lmasa, unda siz annuitetga e'tibor berishingiz kerak. Ushbu usul doimiy belgilangan daromadga ega bo'lgan fuqarolar uchun mos keladi.

Belgilangan daromadga ega bo'lmagan potentsial qarz oluvchilar uchun oddiy to'lovlar ko’proq mos keladi, ayniqsa, ular muddatidan oldin to'lash imkoniyatidan foydalansalar. Natijada, ustama to'lov annuitet sxemasidan kamroq bo’ladi, ammo banklar uzoq muddatli va katta miqdordagi kreditlarni bu usulda qaytarish sharti bilan bermaslikka harakat qiladi.

To’lov usullarining afzalliklari va kamchiliklari

Qaysi kredit eng yaxshi ekanligi haqida qaror qabul qilish uchun har bir to’lov usulining ijobiy va salbiy tomonlarini ko'rib chiqish va taqqoslash kerak.

Annuitet to'lovining asosiy afzalliklari quyidagilarni o'z ichiga oladi:

• bir xil oylik miqdori sizni to'lovlar jadvalini boshqarish zarurligidan ozod qiladi va avtomatik to'lovni o'rnatishga imkon beradi;

• ipoteka yoki boshqa uzoq muddatli kredit olishda siz oilangiz byudjetini bir necha yilga oldindan rejalashtirishingiz mumkin;

• annuitet to'lov usuli kreditni uzoqroq muddatga kattaroq miqdorda olishga imkon beradi.

Ushbu usulning kamchiliklari orasida odatda quyidagi fikrlar ajratiladi:

• ortiqcha to'lovning sezilarli miqdori, ayniqsa uzoq muddatli kredit uchun;

• muddatidan oldin to'lash qarz miqdorida deyarli sezilmaydi.

Differentsial to'lovga kelsak, uning kuchli tomonlari quyidagilarni o'z ichiga oladi:

• oylik to'lovlar vaqt o'tishi bilan kamayib boradi;

• annuitet bilan taqqoslaganda ustama to'lov kamroq bo’ladi ;

• asosiy qarz qoldig’i tez kamayib boradi;

• muddatidan oldin qaytarish qulay va foydali.

Kamchiliklarga quyidagilar kiritish mumkin:

• muddat boshida qarz yukining ko'pligi;

• qarzni qaytarish jadvalini diqqat bilan kuzatib borish va rioya qilish zarurati;

Qaysi sxemani tanlash kerak?

Banklar ikkala usuldan ham foydalanadi, biroq hozirgi vaziyatda, kredit dasturlarining aksariyatida annuitet to'lovi belgilangandir. Bu bank tashkilotlari uchun foydalidir. Biroq, mijozga tanlash imkoniyatini beradigan banklar ham mavjud. Albatta, qarz oluvchi tanlash huquqiga ega, va oddiy to’lov afzalliklaridan foydalanish uchun bunday bank bilan bog'lanib, kredit olishga murojaat qilishi mumkin.

16:26 • 27 April, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish