Top.Mail.Ru

Xalq bankidan yangi yutuqli omonat!

Xalq banki yangi yutuqli “Yaxshi imkoniyat” omonatini joriy qildi. Ishtirok etish orqali turli ekvivalentlarda pul mukofotlari va asosiy sovrin – NEXIA-3 mashinasini yutib olishingiz mumkin.

Xalq bankidan yangi yutuqli omonat!

Xalq banki yangi yutuqli “Yaxshi imkoniyat” omonatini joriy qildi. Ishtirok etish orqali turli ekvivalentlarda pul mukofotlari va asosiy sovrin – NEXIA-3 mashinasini yutib olishingiz mumkin.

Har oyda daromad olib, katta pul mukofotlarini yutib olishni xohlaysizmi? Yangi NEXIA-3 avtomobiliga nima deysiz? Xalq banki sizga bunday imkoniyatni taqdim etadi! 

“Yaxshi Imkoniyat” nafaqat oyma-oy foizlardan daromad olish, balki pul mukofotlari, shuningdek, bosh sovrin – NEXIA-3 avtomashinasini yutib olish imkonini beradi.

Omonat shartlari:

  • - kamida 9 oy muddatga ochiladi;
  • - boshlang‘ich badal – 2 000 000 so‘m;
  • - foizi – yillik 17%;
  • - qo‘shimcha kirim qabul qilinadi.
     

Ishtirok etish uchun siz Xalq bankining istalgan filialiga kelib, “Yaxshi imkoniyat” omonatni rasmiylashtirishingiz lozim. O‘ziz bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘lishi kerak. Sovrinlar 2022-yil 20-yanvarda lototron orqali aniqlanadi.

Aksiyada eng kamida 3 oy saqlangan va amalda bo‘lgan omonatlar ishtirok etadi.

Sovrinlar:

1 ta NEXIA-3 rusumli avtomobili;

1 ta 25 000 000 so‘mlik pul yutug‘i;

2 ta 10 000 000 so‘mlik pul yutug‘i;

5 ta 5 000 000 so‘mdan pul yutug‘i;

9 ta 1 000 000 so‘mlik pul yutug‘i;

15 ta 500 000 so‘mlik pul yutug‘i;

30 ta 100 000 so‘mlik pul yutug‘i;

80 ta 50 000 so‘mlik pul yutug‘i.

Omonat muddatidan oldin yopilgan taqdirda foizli daromad quyidagi shartlarga muvofiq to‘lanadi:

1 kundan 30 kungacha – yillik 0%;

omonat muddati tugashidan 31 kun oldin – yillik 12%.

Eslatib o‘tamiz, sizning pullaringiz O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni bilan kafolatlangan.

Aksiya 2021-yil 6-oktabrga qadar davom etadi. Yutuqlar tirajida 1 dona asosiy yutuq “NEXIA-3” rusumli avtomashina va 142 ta turli miqdordagi pul yutuqlari qo‘yilgan. 

Ko‘p pul va yangi mashinani yutib olishning noyob imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

Reklama huquqi asosida

11:57 • 31 August, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish