Top.Mail.Ru

Uzcard va Markaziy bank hamkorligida “HelloHosts” inkubatsiya dasturi ishga tushmoqda

Markaziy bank UZCARD kompaniyasi va Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi bilan hamkorlikda “HelloHosts” podkasterlar uchun biznes-inkubatorni ishga tushirishini maʼlum qildi.

Uzcard va Markaziy bank hamkorligida  “HelloHosts” inkubatsiya dasturi ishga tushmoqda

Xabarda keltirilishiga ko‘ra,  loyihaning maqsadi aholining moliyaviy savodxonligini oshirish hamda raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanishni kengaytirish, yangi texnologiyalarning afzalliklari shuningdek, ular bilan bog‘liq xatarlar haqida foydalanuvchilar xabardorligini oshirishdan iborat. “HelloHosts” inkubatsiya dasturining davomiyligi 3-6 oyni tashkil etib, uning natijalariga ko‘ra tanlov g‘oliblari aniqlanadi va g‘oliblar qimmatbaho sovrin sifatida, o‘z podkastlarini mustaqil davom ettirishlari uchun texnik-uskunalarga ega bo‘ladilar.Ishtirok etish istagida bo‘lgan 16 yoshdan katta bo‘lgan barcha xohlovchilar quyidagi mavzularni yoritishlari zarur:
 

- FinTech
- banking
- moliyaviy savodxonlik
- startaplar
- biznes
- investitsiyalar
- dasturlash
- taʼlim va boshqalar.

Ishtirok etish uchun, 15 noyabrga qadar mazkur havola bo‘ylab o‘tib,  g‘oyani batafsil mazmuni va kontent mohiyatini tasvirlab Hellohosts.uzcard.uz ga ariza yuborishlari zarur.

13:28 • 26 October, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

Ma'lumot topilmadi
Barcha fikrlar
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish