So'nggi paytlarda passiv daromad termini ko'p-ko'p "quloqqa chalinadigan" bo'lib qoldi. Siz ishlasangiz va oylik maosh olsangiz-bu aktiv daromad hisoblanadi
Ammo agar siz to'satdan ba'zi bir sabablarga ko'ra ishingizni yo'qotsangiz ushbu daromadsiz qolasiz.
Passiv daromad esa bu sizning yoshingiz, sog'lig'ingiz va ishga layoqatli ekanligingizdan qat'iy nazar muntazam ravishda kelib turadigan daromad.
Passiv daromadni rejalashtirish jiddiy e'tibor talab etadi, shu tufayli buning uchun bir oygina vaqt yetarli emas, balki, hatto bir necha yillar kerak bo'lishi mumkin.
Avvalo qaror qabul qilib olishingiz kerak, qo'shimcha daromad siz uchun qachon kerak bo'lishi mumkin:
bir yildan so'ngmi, uch yil yoki besh yildan keyinmi?
Sizga qancha pul kerakligini maqsad qilib oling va qancha vaqt davomida to'lovlarni olib borishni xohlaysiz: har oymi, vaqti-vaqti bilanmi yoki har besh yildami, balki butunlay o'zgacha grafik bo'yicha xohlarsiz. Rejalar bilan qaror qilish, eng mos metodlarni tanlashingizda muhim ahamiyat kasb etadi.
Passiv daromad manbai nimalar bo'lishi mumkin?
- Bank omonatlari;
- Investitsiyalar: Aksiyalar, obligatsiyalar, qimmatli qog'ozlar;
- Hayot sug'urtasi;
- Ko'chmas mulk ijarasi
- Startaplarda hamkorlik.
Yuqorida keltirilgan misollarning aksariyati ma'lum darajada tavakkalchilik bilan bog'liq. Ushbu sohada muvaffaqiyat qozonishni astoydil xohlasangiz, ularning ayrimlari maxsus ma'lumot va bilimlarni talab qiladi.
Passiv daromad ishlashni talab qilmasligi haqiqat, ammo bu e'tibor va dastlabki sarmoyalarni talab qilmasligini anglatmaydi.
Siz yosh va ayni kuchga to'lgan vaqtingizda passiv daromad manbalarini yaratib qo'ying va vaqt o'tishi bilan ushbu harakatlaringiz natijasini ko'rasiz!