Top.Mail.Ru

O‘zbekistondagi banklar tomonidan taklif etilayotgan avtokreditlar reytingi aniqlandi

Bugungi kunda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 32 ta tijorat bankidan faqat 24 tasi birlamchi bozordan avtotransport vositalari xaridi uchun ajratayotgan kredit reytingini tuzishda asosan, kredit shartlari (boshlang‘ich to‘lovi, foiz stavkasi, imtiyozli davri, kredit muddati va miqdori kabi omillar) inobatga olindi, - deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan taqdim etilgan reytingda.

O‘zbekistondagi banklar tomonidan taklif etilayotgan avtokreditlar reytingi aniqlandi

Maʼlumotlarga ko‘ra, birlamchi bozordan avtotransport vositalari xaridi uchun “TBC Bank”, “Uzagroeksportbank”, “Anorbank”, “Universal bank”, “Kapital bank”, “Hi-Tech Bank”, «O‘zKDB bank», «Madad invest bank» lar  tomonidan kredit taklif etilmagan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, jismoniy shaxslarga taklif etiladigan qulay avtokreditlar reytingida “Invest Finans bank” 1-o‘rinni egalagan bo‘lsa, umumiy reytingda “O‘zsanoatqurilishbank” 2-o‘rinni va  “O‘zmilliybank” 3-o‘rinni egallagan.

“Invest Finans bank” tomonidan jismoniy shaxslarga ajratilayotgan avtokreditlarning yillik foiz stavkasi (25%) bo‘yicha 18-o‘rindan joy olganiga qaramay, mazkur bank tomonidan ajratilayotgan kreditning boshlang‘ich to‘lovi 25 foizni, 6 oylik imtiyozli davr hamda 500 mln.so‘mgacha bo‘lgan summada kredit kredit ajratayotgani bilan yetakchilar qatoridan joy olishga muvaffaq bo‘lgan.

Shu bilan birga, umumiy reytingda “Ravnaq bank” 35-o‘rinni,  “Savdogar bank”  36-o‘rinni va “Turkiston bank” 37-o‘rinni egallagan.

Shu o‘rinda ta‘kidlash joizki, jismoniy shaxslarga birlamchi bozordan avtotransport vositalarini xarid qilish uchun avtokreditlar bo‘yicha eng past stavkani «Poytaxt bank» (22%), «Ipak yo‘li bank» (22%) va «Ipoteka bank» (22%) taqdim etayotgan bo‘lsa, eng yuqori stavka Davr bank (30%) tomonidan taklif etilayotgani taʼkidlangan.

 

12:05 • 10 November, 2021
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish