Bugungi kunda O‘zbekistonda avtokreditlar bozori yetarlicha rivojlangan bo‘lib, o‘zining jozibadorligi bilan tobora ko‘proq mijozlarni jalb qilmoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonda avtokreditlar bozori yetarlicha rivojlangan bo‘lib, o‘zining jozibadorligi bilan tobora ko‘proq mijozlarni jalb qilmoqda. Ammo ko‘plab potensial mijozlar qaysi kreditni tanlashni va nimalarga eʼtibor berishni bilmaydi. Bugun biz sizga eng yaxshi avtokreditlarni barcha afzalliklari va kamchiliklari bilan birga ko‘rsatib berishga harakat qilamiz.
Shunday qilib, avtokreditlar bo'yicha mijozlarning e'tiborini tortadigan birinchi jihat bu boshlang’ich to'lovdir. Ko'pchilik uchun boshlang’ich to'lov qancha past bo'lsa, shuncha yaxshi hisoblanadi. Ammo, bu holda siz shuni hisobga olishingiz kerakki, boshlang’ich to'lov qancha kam bo'lsa, oylik to'lov shunchalik yuqori bo'ladi. Shuning uchun, agar siz boshlang'ich to'lovni ko'proq miqdorda to'lash imkoniga ega bo'lsangiz, ikkilanmasdan to'lang, shunda siz oylik byudjetingizga tushadigan yukni kamaytirishingiz mumkin. Ammo siz hali ham minimal boshlang'ich to'lov bilan avtokredit olishga qiziqsangiz, biz sizga tanlov qilishda yordam beramiz.
Xususan, Davr Bank tomonidan 4 yil muddatga boshlang‘ich to‘lovsiz ajratilayotgan avtokredit bo‘yicha yillik foiz stavka - 26 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, Davr bank yillik foiz stavkasi 26 foizni tashkil etuvchi 3 yil muddatga avtomobil narxining 20 foiz miqdorida boshlang‘ich to‘lov amalga oshirish sharti bilan jismoniy shaxslarga kredit ajratishni yo‘lga qo‘ygan.
Infinbank esa, mijozlarga 25 foiz boshlang‘ich to‘lov amalga oshirish sharti bilan 3 yil muddatga yiliga 24,99 foizlik avtokreditlarni taqdim etmoqda.
Turon Bank va Saderat Bank tomonidan esa avtokreditlar 4 yil muddatga, foiz stavkasi mos ravishda yillik 24-25 foiz qilib belgilangan. Taʼkidlash joizki, Turon Bank nafaqat GM Uzbekistan avtomobillari, balki KIA va Volksvagen avtomobillarini sotib olish uchun ham avtokredit ajratishni yo‘lga qo‘ygan.
Avtokreditlar bozoridagi eng maqbul shartlarga ega bo‘lgan avtokredit bu boshlang‘ich to‘lov 30 foiz bo‘lgani hisoblanadi va bunday shartdagi kreditni ko‘plab tijorat banklaridan olish mumkin. Albatta shuni hisobga olish kerakki, ko‘plab tijorat banklar kattaroq boshlang‘ich to‘lov bilan pastroq foizlarni belgilaydi.
Keyingi muhim jihat – bu kreditning yillik foiz stavkasi. Biz yuqorida taʼkidlaganimizdek, foiz stavkasi ko‘p hollarda dastlabki to‘lov miqdoriga, baʼzan esa kredit muddatiga bog‘liq. Agar ushbu mezon bo‘yicha avtokreditlarni ko‘rib chiqsak, Milliy bank avtokredit bo‘yicha yillik 19 foiz miqdorida, lekin 50 foizli badal sharti bilan va bir yil muddatga eng past foiz stavkasini taklifqilgan. Shunday miqdorda dastlabki to‘lov bilan yillik foiz stavkasi 22,5% va to‘rt yil muddatga bo‘lgan avtokreditni Tenge bankdan rasmiylashtirish mumkin. Biz eng maqbul avtokreditlar, yaʼni uch yillik muddatga 30% miqdoridagi boshlang‘ich to‘lovli kreditlarni solishtirsak, unda eng past foiz stavkasi yiliga 23% Saderat bank tomonidan taklif etilmoqda.
Keyingi avtokredit taqdim etayotgan banklar qatoridan o‘rin olganMilliy bank yillik 24 foizdan kredit ajratayotgan bo‘lsa, Orient Finans bank yillik 25 foiz, Asia Alliance bank esa 25,99 foizdan ajratmoqda. Qolgan banklarda esa avtokreditlar bo‘yicha yana da yuqori foizlar o‘rnatilgan.
Va, albatta, yana bir muhim shart - bu kredit muddati. Vaziyat har xil bo’lishi mumkin, kimdir shoshilinch mashina sotib olish uchun yetarli pulga ega emas, lekin u aniq biladiki, yaqin kelajakda u bu pulga ega bo'ladi va unga avtokreditniqisqa muddatga olish qulay va zarurdir. Ba'zilar uchun, aksincha - muddat qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi bo'ladi, chunki oylik to'lovi miqdori kamroq miqdorni tashkil etadi. Ammo shuni bilish kerakki, uzoqroq muddatli kredit bo'yicha ustama to'lov ham ko’proq bo'ladi, chunki foizlar butun kredit muddati davomida hisoblab boriladi.
Hozirgi kunga eng uzoq muddatli – 4 yil muddatga beriladigan avtokreditni ko'plab banklardan olish mumkin: Tenge Bank, Turon Bank, Saderat Bank, Davr Bank, Ipak Yuli Bank, Asia Alliance Bank.
Avtokredit tanlashda, biz sizning e'tiboringizni qarzni to'lash usulini tanlashga ham qaratmoqchimiz. Buning ikkita usuli bor - annuitet va tabaqalashtirilgan (oddiy) to'lov. Annuitet to'lovida kredit uchun ustama to'lov yuqoriroq bo'ladi, ammo bu usul qulay, chunki oylik to'lov o'zgarmaydi va kreditning butun muddati davomida oylik byudjetingizga yuklama bir xil bo'ladi. Oddiy to'lovda dastlab ko'proq pul to'lashingiz kerak bo'ladi, ammo butun kredit muddati uchun ustama to'lov annuitet to'loviga qaraganda kamroq bo'ladi. To'lov usulini banklar o'zlari belgilaydilar va tanlov mijozga bog’liqdir. Annuitet va oddiy to'lovlar o'rtasidagi farq haqida biz avvalroq batafsil ma’lumot berib o’tgandik.
Maʼlumki, avtokredit bugungi kunda eng talab qilinadigan bank mahsulotlaridan biri hisoblanadi hamda bu bank mahsulotiga bo‘lgan talab yuqori sanaladi.Talab va taklifdan kelib chiqib biz sizga tanlovingizda yordam beramiz.Siz saytimizning “Kreditlar” bo‘limida joylashgan avtokreditlar jamlangan sahifasida barcha tijorat banklari tomonidan taqdim etilayotgan kreditning mezoni va shartlari bilan tanishib, taqqoslashingiz mumkin. Shu bilan birga, to‘lov jadvalini hisoblab, u yoki bu avtokredit uchun qanday ustama pul to‘lashingiz kerakligini bilib olishingiz mumkin.
Depozit.uz saytiga o'ting va o’zingizga mos shartlarni tanlang.