Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta'minlash va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2023 yil uchun rejalar muhokama qilindi.
Shu jumladan, oilaviy tadbirkorlikni yanada rag‘batlantirish maqsadida moliyaviy ko‘mak ko‘lami kengaytirilishi ta'kidlandi. Bular qatorida, 2023 yilda:
2023 yilda oilaviy tadbirkorlik dasturiga 12 trillion so‘m beriladi (2022 yilda – qariyb 10 trillion so‘m). Prezident yaqinda imzolagan qarorga ko‘ra, oilaviy tadbirkorlikka qo‘shimcha 300 million dollar ajratiladi.