Top.Mail.Ru

Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyati tartibga solinmoqda

“Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida ro‘yxatga olindi (raqami 3412, 2023 yil 11 yanvar).

Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar faoliyati tartibga solinmoqda

Mazkur hujjat mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini tartibga soluvchi hujjatlardagi, jumladan, “Markaziy bank tomonidan mikrokredit tashkilotlarining ichki audit xizmatiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2453, 25.04.2013 y.), “Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga moliyaviy hisobotlar va elektron ma'lumotlarni taqdim etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom (ro‘yxat raqami 2994, 5.04.2018 y.), “Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish to‘g‘risida”gi nizomdagi (ro‘yxat raqami 3300, 7.05.2021 y.) normalarni yagona hujjatga birlashtirgan holda “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqildi.

Hujjat bilan quyidagilar belgilanmoqda:

  • ️mikromoliya tashkilotlarining aktivlari sifatini tasniflash hamda undan kelib chiqib zaxiralarni yaratish va ulardan foydalanish, aktiv sifatini oldingi tasniflangan toifadan yaxshiroq toifada tasniflash;
  • ️mikromoliya tashkilotlari jalb etilgan mablag‘lar hisobidan faoliyat yuritganda ularga prudensial normativlar (kapitalning yetarlilik koeffisienti, likvidlilik koeffisienti, bir qarz oluvchiga yoki o‘zaro aloqador qarz oluvchilar guruhiga doir tavakkalchilikning eng ko‘p miqdori, yirik tavakkalchiliklar umumiy miqdori, mikromoliya tashkilotiga aloqador bo‘lgan bitta shaxsga tavakkalchilik miqdori, yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) va (yoki) qarz qimmatli qog‘ozlariga investisiyalarning eng ko‘p miqdori) o‘rnatish;
  • ️lombardlar tomonidan faoliyat va operatsiyalarni amalga oshirishning umumiy qoidalari, mikroqarzlarni rasmiylashtirish va berish tartibi, shuningdek, lombardlarda mol-mulklarni vaqtinchalik saqlash tartibi;
  • ️mikromoliya tashkilotlari va lombardlar tomonidan Markaziy bankka taqdim etiladigan hisobot turlari.
16:41 • 17 January, 2023

Depozit.uz Yangiliklari

Ma'lumot topilmadi
Barcha fikrlar
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish