Top.Mail.Ru

Iste'mol kreditini qanday tanlash va rasmiylashtirish kerak?

Iste'mol kreditini tanlashda, avvalo, turli banklardagi shartlarni bilib olish kerak.

Iste'mol kreditini qanday tanlash va rasmiylashtirish kerak?

Kredit parametrlari bo'yicha asosiy ma'lumotlarni kredit tashkilotlarining saytlarida, shuningdek, Depozit.uz kabi bank mahsulotlari platformasi saytlarida topish mumkin.

Dastlab, ish haqi bankining taklifini ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Agar bunday bankda iste'mol krediti bo'lsa, ular odatda o'z mijozlariga pastroq stavkalarni taklif qiladi.

Sizga qancha miqdorda va qancha muddatga kredit kerakligini hisoblang. Ammo shuni yodda tutingki, siz nafaqat bu pulni qaytarishingiz kerak, unga foizlar va mumkin bo'lgan qo'shimcha to'lovlar ham qo'shiladi.

Turli banklarning takliflarini solishtiring. Turli xil kreditlar sahifalarini oching, kredit kalkulyatorlariga bir xil parametrlarni kiriting: kredit miqdori, muddati. Muddatidan avval to'lash shartlariga, to'lov jadvaliga va jarimalarga e'tibor bering. Jarimalar hamma joyda bor, lekin ularning miqdori banklarda sezilarli darajada farq qilishi mumkin.

Imkoniyatlaringizni baholang. Kreditning barcha ijobiy va salbiy tomonlarini solishtiring, siz uchun nima foydaliroq ekanligini aniqlang - kamroq miqdorda, lekin kattaroq ustama to'lov bilan to’lash yoki kreditni tezroq yopish, biroq oylik daromadning asosiy qismini kreditga ajratish. Bu holatda ehtiyotkorlik muhimroq – uzoqroq muddatga kredit olish, imkoniyat bo’lganda esa uni muddatidan avval to'lash yaxshiroqdir.

Kreditning umumiy qiymati kredit shartnomasida e'tibor berish kerak bo'lgan asosiy jihatdir. Kredit shartnomasi imzolash uchun berilganda, kreditning to'liq qiymati ko’rsatilgan bandni diqqat bilan o'qing. Aynan u yerda siz reklama stavkasini emas, balki siz to'laydigan haqiqiy stavkani ko'rasiz. Bu nafaqat asosiy foizlarni, balki majburiy sug'urtani, shuningdek, hisobraqamga xizmat ko'rsatish yoki kredit berish uchun komissiya kabi qo'shimcha to'lovlarni ham o'z ichiga oladi, bu hali ham ba'zi banklarda mavjud. Shartnomani faqat barcha shartlardan qoniqsangizgina imzolang.

Oylik to'lov. Bank kreditni ma'qulladi, siz hujjatlarni imzoladingiz, kerakli tovarlarni sotib oldingiz va qarzni asta-sekin to'lashni boshladingiz. Oyiga 3 million so'mdan ko'ra 1 million so'm to'lash osonroq, shuning uchun kredit tanlashda birinchi navbatda oylik to'lov hajmiga e'tibor berish kerak. Bu sizning oila byudjetingizdagi yukni baholashga yordam beradi. Agar barcha kredit to'lovlari daromadning 30 foizidan oshmasa va shu bilan birga “moliyaviy yostiq” mavjud bo’lsa oilaviy byudjetga og’irlik tushmaydi. Agar to'lovlar 50% ga yetsa, u holda to'lovlarni bajara olmaslik xavfi vujudga keladi.

Iste'mol kreditiga murojaat qilish uchun nima kerak?

Kredit olish uchun ariza topshirishda faqat pasport talab qilinadi. Qarz oluvchi doimiy daromadga ega bo'lishi kerak, bank daromadlar to'g'risidagi ma'lumotlarni mustaqil ravishda olishi mumkin. Agar kredit bo’yicha garov talab qilinsa, u holda garov hujjatlari ham taqdim etiladi. Bank tekshiruv o'tkazadi va kreditni tasdiqlash mumkin yoki yo'qligini hal qiladi.

Bundan tashqari, bank qarz oluvchining kredit tarixini tekshiradi. Agar oldingi kreditlar bo'yicha muddati o’tgan qarzdorliklar bo'lmagan bo'lsa, kreditni tasdiqlash ehtimoli yuqoriroq bo’ladi. Kreditni tasdiqlash imkoniyati yaxshi kredit tarixi, qarz oluvchining past qarz yuki, shuningdek, kredit to'lovlarini qulay tarzda amalga oshirish imkonini beruvchi barqaror daromad bilan oshib boradi. Potentsial qarz oluvchi o’zining moliyaviy sharoitlari va istiqbollari ma'lum bir miqdorda kredit olishi uchun ariza berishga imkon berishi yoki yo'qligini o’zi mustaqil ravishda baholagani maqsadga muvofiqdir.

O'zbekiston banklarida mavjud barcha iste'mol kreditlari shartlari bilan Iste'mol krediti sahifasida tanishishingiz mumkin.

14:36 • 06 December, 2023
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish