Top.Mail.Ru

“E-aktiv” – mahsulotlar hisobini yuritishning zamonaviy shakli

QQS to‘lovchilar va ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lgan yuridik shaxslar diqqatiga!

“E-aktiv” – mahsulotlar hisobini yuritishning zamonaviy shakli

QQS to‘lovchilar va ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lgan yuridik shaxslar 2022-yil 1-yanvardan asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish, o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni davlat soliq organlarining “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirishi shart (VM-595-son qarori 3-bandi, 22.09.2021).

Davlat soliq xizmati organlari mazkur tartib rasman amaliyotga joriy etilgandan so‘ng yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan masalalarini oldini olish maqsadida “E-aktiv” AATdan foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

QQS to‘lovchilar va ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lgan yuridik shaxslar xozirda ushbu imkoniyatdan ixtiyoriy ravishda foydalanishlari mumkin. Bu haqda soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetlariga xabarnoma yuboril(a)di.

Quyidagi havola orqali “E-aktiv” AATdan foydalanish bo‘yicha maxsus qo‘llanma bilan tanishishingiz mumkin. 

17:49 • 09 November, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish