Hamkorlik o’rnatish orqali foydalanuvchilarimiz uchun ushbu kompaniyalar mahsulot va xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada oshiramiz.
Endilikda Depozit.uz sayti orqali Mikro Leasing lizing kompaniyasi mahsulotlari va PulMan mikrokredit tashkiloti mikroqarzlariga buyurtma berishingiz mumkin.
Mikro Leasing – lizing sohasida boy tajribaga ega va butun O’zbekiston bo’ylab keng ko’lamdagi xizmatlar taqdim etadigan universal lizing kompaniyasi hisoblanadi. Mikro Leasing yuridik shaxslar uchun lizing moliyalashtirishni va jismoniy shaxslar uchun keyinchalik xarid qilish imkoniyati bilan ijaraga berish xizmatlarini taqdim etadi.
PulMan – mikrokreditlash bozoridagi jadal sur’atlarda rivojlanayotgan kompaniyalardan biridir. Uning asosiy faoliyati jismoniy shaxslarga garov asosida qulay shartlarda mikroqarz berishdan iborat.
Kelgusida ham Depozit.uz foydalanuvchilarga kredit tanlash va rasmiylashtirishda yordam berish maqsadida banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytiradi.