Habaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 maydagi Farmoniga ko’ra, 2022 yil 1 iyundan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 12% ga oshiriladi.
 
                    Shu bilan birga, mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori va bazaviy hisoblash miqdori ham oshirilishi belgilandi. Farmonga ko’ra, mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori oyiga 920 000 so’m, bazaviy hisoblash miqdori oyiga 300 000 so’m etib belgilandi.
Ma’lumki, bank xizmatlarining baho va miqdorlari ba’zi hollarda bazaviy hisoblash miqdoriga bo’g’liq holda o’rnatiladi. Bugun jismoniy shaxslar uchun aynan nimalarda o’zgarishlar bo’lishni ko’rib chiqamiz.
Yuqorida etib o’tganlarimizdan tashqari, jismoniy shaxslar uchun tadbirkorlik bilan shug’illanish uchun kreditlar, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritiligan shaxslar uchun kreditlar, subsidiyalar, moddiy yordam miqdorlari, hamda yuridik shaxslar uchun qator xizmatlar narxlarida BHMning yangi miqdoriga mos ravishda o’zgarishlar bo’ladi.