20 Apr 2021 |  627

Xalqaro pul oʼtkazmalaridan onlayn foydalanishda yanada koʼp imkoniyatlar

Xalqaro pul oʼtkazmalaridan onlayn foydalanishda yanada koʼp imkoniyatlar

Maʼlumki, tijorat banklari tomonidan xizmat koʼrsatish texnologiyalarini zamonaviylashtirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakat bank tizimida 2001 yildan oʼz faoliyatini olib borayotgan “Ravnaqbank” aktsiyadorlik jamiyati tomonidan xizmat koʼrsatish sifatini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subʼektlarini moliyalashtirish hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasida qator natijalarga erishildi.

Jumladan, Oʼzbekiston bozor iqtisodiyoti sharoitida chakana biznesni rivojantirish va tadbirkorlarga bank xizmatlarini koʼrsatishda ilgʼor xorij tajribasiga tayangan holda oʼzining innovatsion faoliyati bilan yuqori pogʼonalarni egallayotgan “Ravnaqbank” aktsiyadorlik jamiyati Visa Direct servisi bilan hamkorlikda xalqaro onlayn pul oʼtkazmalari uchun dunyoning 68 ta mamlakatiga pul joʼnatish tizimini yoʼlga qoʼydi.

Ilgari Ravnaqbankning Visa plastik kartasiga ega boʼlgan mijozlari Rossiya, Qozogʼiston, Belorussiya, Qirgʼiziston, Аrmaniston, Moldova, Tojikiston, Ozarbayjon, Ukraina, Gruziya, Germaniya, Turkiya, Vengriya, Kipr, Xorvatiya, Bolgariya, Chexiya, Slovakiya, Sloveniya, Estoniya, Latviya, Litva, Gretsiya, Turkmaniston, Singapur, Birlashgan Аrab Аmirliklari, Gonkong, Xitoy, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya, Italiya, Norvegiya, Daniya, Gollandiya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Malayziya va Isroil banklarining Visa kartalariga mablagʼlarni oʼtkaza olar edilar. Endi esa, bunday banklar qatoriga Аvstriya, Yaponiya, Finlandiya, San-Marino, Portugaliya, Malьdiv orollari, Monako, Malayziya va boshqa koʼplab davlatlar banklari, yaʼni jami 68 ta banklar bilan hamkorlik aloqalari oʼrnatildi.

Endilikda bank mijozlari RBK-Mobile ilovasini oʼz smartfonlariga yuklab olib, Visa Direct servisi bilan oʼtkazmalarni 24/7 tartibida oʼz yaqinlariga joʼnatish imkoniyatiga ega boʼldilar. Mijozlar uchun bu tizimning afzalliklaridan biri ortiqcha qogʼozbozliksiz, navbatlarsiz va kunning istalgan vaqtida pul oʼtkazmasini amalga oshirish imkoniyatining yaratilganidir. Onlayn oʼtkazmani amalga oshirish uchun mijozdan talab etiladigani bu joʼnatuvchining Visa kartasi raqamidir.

Kunlik va oylik pul oʼtkazmalari boʼyicha maʼlumot:

 

Siz pul o'tkazmasini yuborishingiz mumkin bo'lgan mamlakatlarning to'liq ro'yxati:

  1. Avstraliya
  2. Avstriya respublikasi
  3. Ozarbayjon Respublikasi
  4. Albaniya Respublikasi
  5. Andorra knyazligi
  6. Argentina Respublikasi
  7. Armaniston Respublikasi
  8. Belorussiya Respublikasi
  9. Belgiya Qirolligi
  10. Bolgariya Respublikasi
  11. Bosniya va Gertsegovina
  12. Vengriya
  13. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyaning Birlashgan Qirolligi
  14. Vetnam Sotsialistik Respublikasi
  15. Gibraltar
  16. Yunoniston Respublikasi
  17. Gruziya
  18. Germaniya Federativ Respublikasi
  19. Gonkong maxsus ma'muriy hududi
  20. Daniya qirolligi
  21. Misr Arab Respublikasi
  22. Isroil davlati
  23. Islandiya
  24. Ispaniya Qirolligi
  25. Italiya Respublikasi
  26. Kanada
  27. Qozog'iston Respublikasi
  28. Koreya Respublikasi
  29. Qirg'iziston Respublikasi
  30. Kipr Respublikasi
  31. Xitoy Xalq Respublikasi
  32. Quvayt davlati
  33. Latviya respublikasi
  34. Litva Respublikasi
  35. Lixtenshteyn knyazligi
  36. Lyuksemburg Buyuk knyazligi
  37. Moldova Respublikasi
  38. Malta Respublikasi
  39. Malayziya
  40. Maldiv orollari
  41. Monako knyazligi
  42. Gollandiya
  43. Norvegiya Qirolligi
  44. Yangi Zelandiya
  45. Birlashgan Arab Amirliklari
  46. Portugaliya respublikasi
  47. Polsha Respublikasi
  48. Rossiya Federatsiyasi
  49. Ruminiya
  50. Slovakiya Respublikasi
  51. Sloveniya Respublikasi
  52. Singapur Respublikasi
  53. Serbiya Respublikasi
  54. San-Marino Respublikasi
  55. Tojikiston Respublikasi
  56. Turkiya Respublikasi
  57. Turkmaniston
  58. Xitoy Respublikasi Tayvan
  59. Tailand Qirolligi
  60. Ukraina
  61. Finlyandiya Respublikasi
  62. Xorvatiya Respublikasi
  63. Chexiya
  64. Chernogoriya
  65. Shveytsariya Konfederatsiyasi
  66. Shvetsiya Qirolligi
  67. Estoniya Respublikasi
  68. Yaponiya

 

 Teglar

Banklar
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish