13 Mar 2021 |  660

Depozit.uz saytiga Joyda ilovasi integratsiya qilindi!

Depozit.uz saytiga Joyda ilovasi integratsiya qilindi!

Avval xabar berganimizdek saytimizda To’lovlar sahifasi ochildi. Va bosqichma-bosqich mahalliy to’lov tizimlari ilovalari saytimizga integratsiya qilib borilayapti.

Yaqinda saytimizga Joyda ilovasi integratsiya qilindi. Endilikda istalgan foydalanuvchi hech qanday ro’yxatdan o’tishsiz kartadan-kartaga pul o’tkazishi mumkin. 

Buning uchun Depozit.uz saytining To’lovlar sahifasiga o’tib, Joyda ilovasini tanlab, yuboriladigan pul miqdori, jo’natuvchi va qabul qiluvchi karta raqamini kiritib, “O’tkazish” tugmasini bosish kifoya!

Hozirda o’tkazmalar faqat Uzcard-Uzcard yo’nalishida mavjud.

O’tkazma uchun komissiya atigi 0.5%! 

Barcha mahalliy to’lov tizimlari ilovalari komissiyasi bilan Depozit.uz saytining To’lovlar sahifasida tanishishingiz mumkin.