22 Apr 2021 |  1,076

Depozit.uz moliyaviy sayti PLАS-Forumning axborot hamkori!

Depozit.uz moliyaviy sayti PLАS-Forumning axborot hamkori!

2021 yilning 1 iyun kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Rossiya Federatsiyasi Savdo-sanoat vazirligining O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi ko‘magida “Banklar va chakana savdo. Raqamli transformatsiya va o‘zaro aloqalar” mavzusida tashkil etilayotgan PLAS-Forumning axborot hamkori sifatida Depozit.uz internet sahifasi ham o‘rin oldi.

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro strategik sheriklikni yana-da mustahkamlash maqsadida tashkil etilayotgan platforma banklar va chakana savdo o‘rtasida samarali muloqot o‘rnatish vazifasini o‘taydi. Bu esa, raqamli texnologiyalar hamda biznesni jadal rivojlanishi uchun asosiy katalizatorlardan biri hisoblanadi.

Ko‘rgazma ishtirokchilari chakana savdo sohasi vakillari, bank va to‘lov tizimi sohasidagi yetakchi jahon ekspertlari, tadqiqot agentliklari va konsalting kompaniyalari, Yevroosiyo qitʼasining banklar hamjamiyati (O‘zbekiston, MDH va Yevropa ittifoqi banklari), texnologiya va ishlab chiqarish kompaniyalari vakillaridan iborat.

Ko‘rgazmani tashkil etishdan maqsad, ochiq muloqot orqali aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini oshirish, shuningdek zamonaviy chakana bank xizmatlari turlarini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘rishga yordam ko‘rsatish, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslardan, shu jumladan mikromoliyalash xizmatlari va davlat xaridlaridan keng foydalanishlari uchun sharoit yaratishdir.

Depozit.uz saytini kuzatishda davom eting va PLAS-Forum yangiliklaridan xabardor bo‘ling.

 Teglar

Banklar
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish