13 Apr 2021 |  341

Davlat, xususiy va xorijiy banklardagi omonatlar

Davlat, xususiy va xorijiy banklardagi omonatlar

Ko’pincha foydalanuvchilar bizdan: “omonatni qaysi bankka qo’ygan yaxshiroq” - deb so’rashadi. Bu savolga javob oddiy: ko’proq daromad olmoqchi bo’lsangiz, foiz stavkasi balandroq bo’lgan omonatlarni taklif qilayotgan bankni tanlang. Odatda bu xususiy va xorijiy banklardagi omonatlardir. Agar Siz uchun omonatingizni xavfsizligi birinchi o’rinda bo’lsa, unda davlat banklari taklif qilayotgan omonatlarga e’tibor qaratganingiz yaxshiroq. Chunki davlat banklarini kasod bo’lish ehtimoli ancha past hisoblanadi.

Shuni alohida qayd etib o’tish kerakki, “Xalq banki” bankidan tashqari O’zbekistondagi barcha banklardagi omonatlar “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi” tomonidan himoyalanadi. Ya’ni, agar biror sababga ko’ra bank kasod bo’lib omonatni qaytarmasa, ushbu fond orqali pullaringizni qaytarib olishingiz mumkin bo’ladi. “Xalq banki”dagi omonatlarni himoyasini esa davlat kafolatlaydi.


E’tiboringizga Depozit.uz saytining Omonatlar sahifasidagi eng yuqori foiz stavkasiga ega, Davlat, xususiy va xorijiy banklarning milliy valyutadagi omonatlarni keltiramiz.

Davlat banklaridagi omonatlar:
1.    “O'zsanoatqurilishbank”dan “Bahor tuhfasi” omonati:
•    Foiz stavkasi: 22% gacha;
•    Muddat: 13 oy;
•    Omonat minimal summasi: 500 ming so’m;
2.    “Asaka bank”dan “Maksimal foyda” omonati:
•    Foiz stavkasi: 21% gacha;
•    Muddat: 24 oygacha;
•    Omonat minimal summasi: 500 ming so’m;
3.    “Agrobank”dan “Daromad+” omonati:
•    Foiz stavkasi: 21%;
•    Muddat: 13 oy;
•    Omonat minimal summasi: 500 ming so’m;

Xususiy banklardagi omonatlar:
1.    “Universal Bank”dan “YUBILEY” omonati:
•    Foiz stavkasi: 22%;
•    Muddat: 22 oy;
•    Omonat minimal summasi: 500 ming so’m;
2.    “Anor Bank”dan “Smart” omonati:
•    Foiz stavkasi: 22%;
•    Muddat: 13 oy;
•    Omonat minimal summasi: 1 mln so’m;
3.    “Davr Bank”dan “SHARQONA” omonati:
•    Foiz stavkasi: 22%;
•    Muddat: 13 oy;
•    Omonat minimal summasi: 1 mln so’m;

Xorijiy banklardagi omonatlar:
1.    “Ziraat Bank Uzbekistan”dan “Premium UZS-5” omonati:
•    Foiz stavkasi: 22.5%;
•    Muddat: 18 oy;
•    Omonat minimal summasi: 5 mln so’m;
2.    “Ziraat Bank Uzbekistan”dan “Bereket-4” omonati:
•    Foiz stavkasi: 21%;
•    Muddat: 12 oy;
•    Omonat minimal summasi: 5 mln so’m;
3.    “Tenge bank”dan “Maksimal” omonati:
•    Foiz stavkasi: 20%;
•    Muddat: 12 oy;
•    Omonat minimal summasi: 1 mln so’m;

Omonatlarning batafsil shartlari bilan Depozit.uz saytining Omonatlar sahifasida tanishishingiz mumkin.
 

 Teglar

Banklar Omonatlar