Top.Mail.Ru

Kredit tarixi qanday shakllanadi va uni o'zgartirish mumkinmi?

Kredit tarixi eng birinchi kredit arizasi yuborilishi bilan shakllana boshlaydi.

Kredit tarixi qanday shakllanadi va uni o'zgartirish mumkinmi?

Arizani topshirishda bank mijozdan kredit tarixini tekshirishga roziligini so'raydi. Agar rozilik berilmasa, bank potentsial qarz oluvchining kredit tarixini ko'rish huquqiga ega bo’lmaydi, shu bilan birga kredit ham bera olmaydi.

Agar mijoz kreditga ariza bersayu, lekin kredit olmasa ham, taqdim etilgan ariza haqidagi ma'lumotlar kredit tarixida paydo bo'ladi.

Kredit olish uchun bankka murojaat qilinishi bilanoq, kredit tarixi o‘zgara boshlaydi. Kredit tarixi  ma'lumotnomasi banklar tomonidan kredit tarixi byurolariga yuboriladigan va potentsial qarz oluvchining kredit bilan bog’liq har bir harakatini qayd etgan ma'lumotlar asosida shakllantiriladi. Kredit tarixi haqidagi ma'lumotlar moliya institutlarining kredit berish va kredit shartnomasi shartlari bo'yicha qarorlariga ta'sir qiladi.

Kredit tarixi ma'lumotlari qanchalik tez yangilanadi?

Kredit tarixi doimiy ravishda insonning moliyaviy hayoti bilan bog'liq voqealar sodir bo'lgani sayin yangilanadi. Ushbu ma'lumotlarga o'zgartirishlar ma'lumot manbalari, ya’ni banklar, mikromoliya tashkilotlari, shuningdek qarz oluvchining o'zi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar asosida amalga oshiriladi.

Kredit tarixiga o'zgartirishlar kiritishning aniq muddati kredit tashkilotlari va kredit byurosi o'rtasida kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi shartnomada belgilanadi. Ammo O‘zbekiston Respublikasining “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, kredit axboroti kelib tushgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay kredit tarixi tarkibiga kiritilishi shart.

Kredit tarixi byurosida quyidagi ma'lumotlar yangilanishi kerak:

  • shaxsiy ma'lumotlari;
  • kreditlar, qarzlar, kredit arizalari to'g'risidagi ma'lumotlar;
  • boshqa moliyaviy majburiyatlar to'g'risidagi ma'lumotlar;
  • kredit tarixidagi noto'g'ri yozuvlar.

 

Kredit tarixidagi yozuvni o'chirish mumkinmi?

Xato yoki buzilgan ma'lumotni o'z ichiga olgan yozuvni o'chirish mumkin. Buning uchun siz kreditor bankka yoki kredit byurosiga noto'g'ri ma'lumot taqdim etgan boshqa tashkilotga ariza topshirishingiz kerak. Shuningdek, so'rovingizni to'g'ridan-to'g'ri kredit byurosiga yuborishingiz mumkin. Agar tashkilot vaziyatni to'g'irlash uchun choralar ko'rmasa, shaxs sudga murojaat qilish huquqiga ega.

Kredit tarixida salbiy, biroq qarz oluvchi to'g'risidagi haqiqiy ma'lumotni o'z ichiga olgan yozuvlar mavjud bo'lsa, ulardan xalos bo'lish mumkin emas.

Kredit tarixini boshidan boshlash mumkinmi?

Kredit tarixini qaytadan boshlash, shaxsning moliyaviy faoliyati to'g'risidagi ma'lumoti olinishi to'xtatilganidan keyin besh yil o'tgach sodir bo'ladi. Ya'ni, quyidagilar sodir bo'lganidan besh yil o'tganidan so’ng kredit tarixi qayta tiklanadi:

  • barcha kreditlar va qarzlarni to'lash;
  • kredit byurosiga ma'lumot uzatish huquqiga ega bo'lgan tashkilotlarga har qanday sud bilan belgilangan qarzlarni to'lash;
  • oxirgi kredit arizasini ma'qullaganligi yoki rad etilganligidan qat’i nazar topshirish.

 

Kredit tarixini kredit byurosida saqlashning besh yillik muddati va undan keyin uning qayta tiklanishi O'zbekiston Respublikasining Kredit axboroti almashinuvi to'g'risidagi qonuni bilan belgilangan.

Agar firibgarlarning harakatlari tufayli kredit tarixi buzilgan bo'lsa, nima qilish kerak?

Jinoiy harakatlar natijasida buzilgan kredit tarixini tuzatish uchun haqiqiy qarz oluvchi nomidan firibgarlarga pul bergan kredit muassasasiga yozma ariza topshirish kerak. Da'voda fuqaroning kredit shartnomasi tuzmaganligi, kreditordan pul olmaganligi va shuning uchun tashkilot qarzni to'lash bo'yicha o'z talablaridan voz kechishga majbur ekanligi yozilishi kerak.

Agar qarz oluvchining pasporti yo'qolgan yoki o'g'irlangan bo'lsa, bu fakt hujjat bilan tasdiqlanishi kerak. Ushbu hujjatni arizaga ilova qilish orqali siz kredit arizasi va boshqa hujjatlardagi imzo soxta ekanligini ko'rsatishingiz kerak. Agar firibgarlar pasportning nusxasi yordamida onlayn kredit olgan bo'lsa, qarz oluvchi elektron identifikatsiyadan o'tmaganligini qo'shishi kerak.

Murojaatni ko‘rib chiqish rad etilgan yoki yetarlicha chora ko‘rilmagan taqdirda, kreditorning harakatsizligi to‘g‘risida Markaziy bank va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga shikoyat qilish kerak. Agar kreditni bekor qilish mumkin bo'lmasa yoki qarzdor kredit berilgandan keyin pasportini yo'qotganligi haqida xabar bergan bo'lsa, bu holda sudga murojaat qilish kerak.

Yaroqsiz pasport orqali rasmiylashtirilgan kredit shartnomasi uchun javobgarlik kredit bergan tashkilot zimmasida bo’ladi.

Soxta kreditlash sxemasining qurboni bo'lish xavfini kamaytirish uchun siz pasportingizni nazorat qilishingiz va shaxsiy ma'lumotlarni oshkor qilmasligingiz kerak.

12:55 • 25 January, 2024
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish