Top.Mail.Ru

Kredit tarixi: bu nima, u qanday ko'rinishga ega va nima uchun kerak

Kreditorlar qarz oluvchilar haqidagi barcha ma'lumotlarni diqqat bilan to'playdilar va yozib oladilar: ularga qancha kredit berilganligi, qarzga olingan pulni o'z vaqtida qaytarilganligi, kechiktirilgan to’lovlar mavjudlig va hokazo. Ushbu ma'lumotlar banklarga o'z mijozlarining ishonchliligini baholashga va ularga yangi kredit berilishi mumkinligini tushunishga yordam beradi.

Kredit tarixi: bu nima, u qanday ko'rinishga ega va nima uchun kerak

Kredit tarixi nima va u qanday shakllanadi?

Kredit tarixi – bu shaxsning kreditorlari bilan munosabatlari to'g'risidagi barcha ma'lumotlarning yig'indisidir. Bu shaxsning kredit olish uchun necha marta ariza topshirgani va ularning qanchasi ma'qullangani, qaysi banklarga murojaat qilgani, qarzni to'lashda kechikish bor-yo'qligi, u kafil yoki birgalikda qarz oluvchi bo'lgan yoki bo'lmaganligi, shuningdek qarz oluvchi va banklar uchun muhim bo'lishi mumkin bo'lgan boshqa ma'lumotlarni o’z ichiga olgan  dosyedir.

Kredit tarixi qarz oluvchi kredit bo'yicha har qanday harakatni amalga oshirganda to'ldirib boriladi: bankka kredit arizasini yuborish, kredit rad etilishi yoki ma'qullanishi, oylik to'lovni o'z vaqtida amalga oshirish yoki to'lovni kechiktirish, qarzni muddatidan oldin yoki o'z vaqtida yopish. Banklar bunday ma'lumotlarni to'playdi va ularni har bir qarz oluvchining hisobotini kamida o'n yil davomida saqlaydigan kredit byurolariga yuboradi.

Kredit tarixi nimadan iborat?

  • Qarz oluvchining shaxsiy ma'lumotlari. Bu yerda qarz oluvchining toʻliq ismi-sharifi, tugʻilgan sanasi va joyi, fuqaroligi, pasport maʼlumotlari, roʻyxatdan oʻtgan va haqiqiy yashash manzili, shuningdek, aloqa maʼlumotlari – mobil, uy va ish telefon raqamlari aks ettiriladi.
  • Kreditlar haqida ma'lumot. Bu yerda berilgan har bir kreditning tavsifi: uning miqdori, muddati, asosiy shartlari, ochilish va to'lash sanalari, kechiktirilgan to'lovlar, jarimalar to'g'risidagi ma'lumotlar. Ushbu qismda shaxsning to'lanmagan kreditlari bor yoki yo'qligini ham ko'rish mumkin.
  • Kreditorlar haqidagi ma'lumotlar. Bu bo’lim kredit bergan banklar yoki mikromoliya tashkilotlarining nomlari, shuningdek, kredit tarixi ma’lumotlarini olgan tashkilotlar haqidagi ma'lumotdan iborat bo’ladi.
  • Ma'qullanmagan arizalar haqida ham ma'lumot. Bu yerda shaxsning kredit tashkilotlariga yuborilgan barcha so'rovlari, rad etishlar soni va ularning sabablari, shuningdek takroriy kechikishlar mavjudligi to'g'risida ma'lumotlar bo'ladi.

 

Jismoniy shaxsning kredit tarixi ko'rinishi quyidagicha bo’ladi:

Sizning kredit tarixingiz kim uchun muhim bo'lishi mumkin?

Birinchi navbatda, kredit tarixi banklar uchun muhim – ular uchun kredit tarixi odamning qanchalik ishonchli ekanligini va unga boshqa kredit berishga arziydimi yoki yo'qligini aniqlashning asosiy usuli. Kredit tarixini tahlil qilib, banklar kreditni tasdiqlashda o'zlarining xavf darajasini baholashlari mumkin.

Misol uchun, agar odam yaxshi maoshga ega bo'lgan barqaror ish joyiga ega bo'lsa, muntazam ravishda kreditlardan foydalansa, to'lovlarni kechiktirmasa va har doim qarzni o'z vaqtida to'lasa, bank unga qo'rqmasdan yangi kredit berishi mumkinligini anglatadi. Ammo agar kredit tarixi mijozning oylik to'lovlarni muntazam ravishda kechiktirishini, qarzlari borligini ko'rsatsa, bu uning moliyaviy ahvoli beqaror ekanligini va bank o'z mablag'larini yo'qotish xavfini anglatishi mumkin.

17:28 • 23 January, 2024
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish