Top.Mail.Ru

KIA, Volkswagen, Skoda avtomobillari uchun avtokreditlar!

Bugungi kunga kelib avtokreditlarni tanlovi kundan kunga kengayib bormoqda, shu bilan birga kreditga olish mumkin bo’lgan avtomobillar tanlovi ham ancha ko’paydi.

KIA, Volkswagen, Skoda avtomobillari uchun avtokreditlar!

Bugungi kunga kelib avtokreditlarni tanlovi kundan kunga kengayib bormoqda, shu bilan birga kreditga olish mumkin bo’lgan avtomobillar tanlovi ham ancha ko’paydi. Nafaqat GM avtomashinalari uchun, balki KIA, Volkswagen va Skoda avtomobillarini kreditga sotib olish uchun ham eng qulay shartlarga ega avtokreditlarni taklif qilayotgan banklar kun sayin ortmoqda.

Biz sizning e'tiboringizga KIA, Volkswagen va Skoda rusumli avtomashinalarni sotib olish uchun avtokredit taklif etayotgan banklarni taqdim etamiz.

Siz KIA avtomashinalarini kredit hisobiga Hamkorbank, Trast Bank, Invest Finance Bank, Aloqabank, Asia Alliance Bank, Davr Bank, O'zsanoatqurilishbank, Turonbankdan olishingiz mumkin.

Volkswagen uchun avtokreditlarni Aloqabank, Hamkorbank, O'zsanoatqurilishbank, Ipak Yo'li Bank va Bank Saderat taklif etmoqda.

Skoda avtomashinalari uchun avtokreditni Invest Finance Bank va Ipak Yo'li Bankda rasmiylashtirish mumkin.

Avtokreditlar bo'yicha foiz stavkasi boshlang'ich to'lov hajmiga qarab 22% dan 26,9% gacha, eng kam boshlang'ich to'lov esa 20% ni tashkil etadi, kreditni uch yoki to'rt yil muddatga olish mumkin.

Shuni hisobga olish kerakki, avtokreditlar yuqoridagi avtomobil markalarining ayrim modellari uchun beriladi, bankka tashrif buyurishdan oldin bu boradagi ma'lumotlarga aniqlik kiritishingiz zarur.

Bu va boshqa avtomashinalar uchun kredit taqdim etuvchi banklarning ro'yxati kundan kunga ko’payib bormoqda. So’nggi yangiliklardan xabardor bo'lish uchun Depozit.uz ni kuzatib boring!

11:39 • 11 June, 2021
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish