Top.Mail.Ru

Interaktiv xizmat – ijara.soliq.uz sayti

2022-yil 1-yanvardan shartnomalarni E-ijara dasturi orqali hisobga qo‘ymaslik soliq xavfining yuqori mezonlaridan biri sifatida baholanadi

Interaktiv xizmat – ijara.soliq.uz sayti

Ayni paytda DSQ tomonidan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish interaktiv xizmati – ijara.soliq.uz saytida sinovdan o‘tkazilmoqda.  

VM 595-son qarorga muvofiq, 2022-yil 1-yanvardan ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalarini E-ijara dasturida hisobga qo‘ymaslik soliq xavfining yuqori mezonlaridan biri sifatida baholanadi. Bu QQS guvohnomasini vaqtincha to‘xtatilishiga yoki QQS to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tish uchun taqdim etilgan arizalarni rad etilishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, “Mening holatimni tekshirish” xizmati test jarayonidaligi sababli yuqoridagi holat yuzasidan QQS guvohnomasi bekor qilinmaydi yoki vaqtincha to‘xtatilmaydi.

Soliq to‘lovchilar  ijara.soliq.uzda (https://ijara.soliq.uz/) 2020-yil 1-yanvardan e’tiboran tuzilgan shartnomalarni hisobga qo‘yishi mumkin.  

Dastur sinov davomida takomillashtirilib boriladi, bunda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan asosli takliflar inobatga olinadi.

13:06 • 01 November, 2021

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish