Haydalgan avtomobil uchun avtokreditni tanlash qiyin emas.
Banklarda ikkilamchi bozor uchun avtokreditlar shartlari birlamchi bozor uchun kreditlar shartlaridan unchalik farq qilmaydi, ya’ni dastlabki to‘lov hajmi, kredit muddati va foiz stavkasi deyarli bir xil. Biroq, foydalanilgan avtomobil uchun avtokredit tanlashda e'tiborga olinishi kerak bo'lgan boshqa zarur shartlar mavjud.
Birinchi muhim parametr - avtokredit hisobiga haydalgan mashinani dilerlik markazlarida ham, jismoniy shaxslardan ham sotib olish mumkin. Birinchi holda, qo'shimcha komissiya to’lanish ehtimoli bo’lishi mumkin. Jismoniy shaxsdan sotib olish esa arzonroq bo'ladi. Bankka kredit uchun murojaat qilishdan oldin, siz ushbu jihatga aniqlik kiritishingiz kerak - bank sizga jismoniy shaxslardan avtomobil sotib olishga ruxsat berishini yoki uning haydalgan avtomobillarni sotadigan hamkor avtosalonlaridan avtomobil izlash kerakligi haqida ma’lumot beradi.
Ikkilamchi bozor uchun avtokreditni tanlashda ikkinchi eng muhim mezon shundan iboratki, bank muassasalari sotib olinayotgan avtomobilning yurgan masofasi va ishlab chiqarilgan yili bo'yicha juda qattiq talablarni qo'yadi. Shuning uchun, avtokreditlar shartlarida avtomobilning ruxsat etilgan maksimal ishlab chiqarilgan yili va yurgan masofasiga bo’lgan talabni aniqlashdan boshlash to'g'ri bo'ladi. Ko'p hollarda, mashina ko’pi bilan besh yil oldin ishlab chiqarilgan bo'lishi kerak, lekin ba'zida banklar faqat bir yoki ikki yilga ruxsat berishadi.
Keyingi muhim shart - bu ikkilamchi bozorda sotib olish uchun maqbul bo'lgan avtomobil markalari. Gap shundaki, O‘zbekiston banklari so‘nggi paytlarda barcha rusumdagi, jumladan, import qilingan avtomobillar uchun ham avtokreditlar berishni boshlaganiga qaramay, aynan ikkilamchi bozor uchun majburiy mahalliy ishlab chiqarish sharti qo’yiladi, xususan, ko‘pincha kredit hisobiga faqatgina haydalgan GM Uzbekistan avtomobillarini sotib olishga ruxsat beriladi. Shunga asoslanib, agar siz xorijda ishlab chiqarilgan avtomobilni sotib olishga qaror qilsangiz, qaysi bank import qilingan avtomobilni sotib olishga ruxsat berishini diqqat bilan o'rganishingiz kerak.
Ikkilamchi bozor uchun avtokreditning yuqorida aytilgan qat'iy shartlariga qaramay, bunday dasturlarning asosiy afzalligi bu - ikkilamchi bozorda taqdim etilayotgan assortimentdan o'zingizning didingizga ko'ra transport vositasini tanlash imkoniyatidir, va eng muhimi, kredit va boshqa kerakli hujjatlar rasmiylashtirilganidan so'ng darhol avtomobil egasiga aylanish va mashinani haydashni boshlash mumkin.
O'zbekiston banklarida barcha mavjud avtokreditlar shartlari bilan Avtokreditlar sahifasida tanishishingiz mumkin.