Top.Mail.Ru

Depozit.uz saytida kreditga layoqatlilikni tekshirishdagi qo'shimcha xizmatlar

Endilikda Depozit.uz saytida kreditga layoqatliligingizni tekshirish orqali mavjud kreditlaringiz bo'yicha barcha ma'lumotlarni olishingiz, to'lovlar jadvali va yana bir qancha qo'shimcha ma'lumotlarni ham ko'rishingiz mumkin.

Depozit.uz saytida kreditga layoqatlilikni tekshirishdagi qo'shimcha xizmatlar

Ma’lumki, Depozit.uz sayti orqali kreditga layoqatlilikni tekshirish va mos keladigan kreditlarni tanlash mumkin. Bu xizmatdan foydalanish orqali unda o'rtacha oylik daromad, kiritilgan kredit parametrlari bo'yicha o'rtacha bir oylik kredit xarajatlari, qarz yuki darajasi va kredit tarixi, yangi so’ralgan kreditni hisobga olgan holda qarz yuki ko’rsatkichi, skoring balli va reytingi hamda olish mumkin bo’lgan kredit miqdori kabi ma’lumotlar aks ettiriladi. Shuningdek, shaxsiy kabinetda kredit tarixi va daromadlar tarixi hisoboti ham saqlab qo’yiladi.

Bularga qo’shimcha sifatida va jismoniy shaxslarning kreditlari bo'yicha barcha ma'lumotlarni bir joyga to'plash maqsadida endi kredit layoqati tekshiruvi natijalarida barcha amaldagi kreditlar to'g'risidagi ma'lumotlar ham ko'rsatiladi. Endi tekshiruv natijalarida:

  • barcha mavjud kreditlar bo'yicha qarzdorlik qoldig'ini;
  • ularning har biri uchun to'lov jadvalini;
  • agar mavjud bo'lsa muddati o’tgan qarzdorlikni;
  • muddati o’tgan qarzdorlikni muddati bo’yicha miqdorini;
  • kreditlar bo’yicha o'rtacha oylik xarajatlarni ko’rish mumkin.

Kreditga layoqatlilikni tekshirish xizmatining qulayliklari nimada?

1. Kredit tarixi va kreditga layoqatlilik ko'rsatkichlarini bilib olish. Kreditdan foydalangan har bir shaxs kredit tarixiga ega bo’ladi va uning asosida o'zining kredit reytingini oladi. Kredit reytingi asosida esa kelajakda yangi kreditlar oladi. Depozit.uz saytidagi kredit layoqatini tekshirish xizmatidan foydalanib, siz ma'lum turdagi va miqdordagi kreditni olish imkoniyatingizni bilib olishingiz mumkin. Hatto kredit tarixi bo'lmagan taqdirda ham, sizning daromadingizdan kelib chiqqan holda, ushbu xizmat u yoki bu kreditni olish qobiliyatingizni aniqlashga yordam beradi.

2. Sizning so'rovingiz bo'yicha qaysi banklar kreditni ma'qullashi mumkinligini aniqlash. Ya'ni, Depozit.uz saytida kredit tekshiruvidan o'tganingizdan so'ng, sizni qiziqtirayotgan kreditni tasdiqlashi mumkin bo'lgan banklar ro'yxati taklif etiladi.

3. Kredit olish uchun ariza topshirish. Taklif etilayotgan kreditlardan siz o'zingiz uchun eng mos kreditni tanlab, bankka ariza yuborishingiz mumkin, biz esa sizga kredit olishda yordam beramiz.

4. Kredit rad etilgan taqdirda, bank rad javobining sabablarini bilib olish. Ko'pincha banklar kredit berishdan bosh tortgan hollarda, rad etish sabablarini tushuntirmaydi. Bizning xizmatimiz yordamida siz ushbu sabablarni bilib olishingiz va ularga asoslanib, kredit layoqatingizni oshirishga harakat qilishingiz mumkin.

Bizning saytimizda kredit layoqatini tekshirish bo'yicha savollaringiz tug’ilsa, Kreditga layoqatlilikini tekshirish sahifasida qayta qo'ng'iroq qilish uchun buyurtma berishingiz mumkin va biz darhol siz bilan bog'lanamiz.

Kredit layoqatingiz, kredit tarixingiz va sizga mos keladigan kreditlar ro'yxatini bu yerda bilib olishingiz mumkin.

17:53 • 03 August, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

Ma'lumot topilmadi
Barcha fikrlar
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish