Top.Mail.Ru

Bazaviy hisoblash miqdori oshirilgach, bank xizmatlarining qaysilarida o’zgarishlar bo’ladi?

Habaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 maydagi Farmoniga ko’ra, 2022 yil 1 iyundan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 12% ga oshiriladi.

Bazaviy hisoblash miqdori oshirilgach, bank xizmatlarining qaysilarida o’zgarishlar bo’ladi?

Shu bilan birga, mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori va bazaviy hisoblash miqdori ham oshirilishi belgilandi. Farmonga ko’ra, mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori oyiga 920 000 so’m, bazaviy hisoblash miqdori oyiga 300 000 so’m etib belgilandi.

Ma’lumki, bank xizmatlarining baho va miqdorlari ba’zi hollarda bazaviy hisoblash miqdoriga bo’g’liq holda o’rnatiladi. Bugun jismoniy shaxslar uchun aynan nimalarda o’zgarishlar bo’lishni ko’rib chiqamiz.

  1. Iste’mol kreditlari miqdori oshadi. Ko’pchilik banklar aynan iste’mol kreditlari maksimal miqdorini bazaviy hisoblashga bog’liq holda, ya’ni BHMning 100, 200, 300 yoki bundan ortiq barobarigacha miqdorda o’rnatadi. Masalan, 27 mln. so’m miqdoridagi kreditlar endilikda 30 mln. so’mgacha ko’tariladi.
  2. Banklarning o’z hisobidan beriladigan ba’zi ipoteka kreditlari miqdori oshadi. Davlat dasturlaridan tashqari bo'lgan ipoteka kreditlari tijorat banklarining shartlari asosida beriladi va ular bo’yicha maksimal summa bank tomonidan mustaqil o’rnatiladi va ko’p hollarda BHM miqdoriga bog’langan bo’ladi.
  3. Kafillik va sug’urta polisi asosida olinadigan mikroqarzlar miqdori oshadi. Ko’p banklarda mikroqarzlarning maksimal miqdori BHMga bog’liq emas. Lekin kafillik va sug’urta polisi asosida beriladigan maksimal summa BHM miqdoriga bog’liq.
  4. Plastik kartalar ochish narxi o’zgaradi. Plastik kartalarning narxi ba’zi banklar tomonidan BHMning 10-15% barobarida o’rnatiladi, shunday kartalarning narxi BHMning yangi miqdoriga mos ravishda o’zgaradi.

Yuqorida etib o’tganlarimizdan tashqari, jismoniy shaxslar uchun tadbirkorlik bilan shug’illanish uchun kreditlar, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritiligan shaxslar uchun kreditlar, subsidiyalar, moddiy yordam miqdorlari, hamda yuridik shaxslar uchun qator xizmatlar narxlarida BHMning yangi miqdoriga mos ravishda o’zgarishlar bo’ladi.

12:24 • 25 May, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

Ma'lumot topilmadi
Barcha fikrlar
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish