Hozirgi kunda avtomobillarning salmoqli qismi kredit mablag‘lari hisobidan xarid qilinmoqda. Avtokredit banklar uchun odatiy faoliyatga aylandi va ko'plab fuqarolar uchun avtokredit avtomobil sotib olishning yagona yo’lidir.
Avtokreditni rasmiylashtirish bilan bog'liq jarayon va tashkiliy masalalar banklar tomonidan to’liq ishlab chiqilgan va har kim ularni mustaqil ravishda hal qilishi mumkin. Bugungi maqolada biz avtokredit rasmiylashtirishning standart tartibini ko’rib chiqamiz.
Avtokredit uchun nima kerak? Avvalo, moliyaviy imkoniyatlaringizni, bank takliflarini va rejalaringizni amalga oshirishga xalaqit berishi mumkin bo'lgan xavflarni baholang.
Avtokredit qarz oluvchining bir necha turdagi xarajatlarini o'z ichiga oladi, ularning aniq tarkibi tanlangan mahsulotga bog'liq. Bularga ko'pincha quyidagilar kiradi:
Dastlabki to'lov va sug'urtani to'lash uchun qancha mablag’ingiz bor? Qarzni to'lash uchun har oy byudjetingizdan qancha pul sarflashingiz mumkin? Ushbu savollarga javob berish orqali siz o'zingizning imkoniyatlaringizni baholay olasiz va banklarning avtokredit dasturlari shartlari bilan taqqoslash imkoniyatiga ega bo’lasiz.
Odatda, avtokredit rasmiylashtirish tartibi quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi:
Bu ishni bankning sayti orqali yoki ofisga shaxsan tashrif buyurib amalga oshirishingiz mumkin. Bank mutaxassisi arizani ko'rib chiqish uchun zarur bo'lgan hujjatlarga qo'yiladigan talablarni aniqlaydi. Bugungi kunda bankdan avtokredit olish uchun sizga faqat bitta hujjat - shaxsni tasdiqlovchi hujjat kerak bo'ladi. Ba'zan bank sizdan daromadlar to’g’risidagi ma’lumotnoma, turmush o'rtog'ingizning pasport nusxasini va hokazolarni taqdim etishingizni talab qilishi mumkin. Bundan tashqari, siz mashinani sotib olish uchun shartnoma taqdim etishingiz kerak. Biroq, hozirgi vaqtda ko'plab banklarning o'z hamkorlari – avtomobil dilerlariga ega va shartnomani o'zlari taqdim etadilar.
Ariza beruvchi hujjatlarni to'playdi va ofisga shaxsiy tashrifi orqali taqdim etadi.
Hujjatlarni tekshirish bir necha daqiqadan bir necha kungacha davom etishi mumkin. Bu tekshiruv asosan skoring tizimi bo'yicha tahlilni (to'lov qobiliyatini aniqlash uchun maxsus dastur) va to'g'ridan-to'g'ri kredit eksperti tomonidan hujjatlarni tekshirishni o’z ichiga oladi.
Sotuvchi bilan avtomobil oldi-sotdi shartnomasi tuziladi, unda hujjatlarni rasmiylashtirish va kreditni to'lash muddati ko'rsatiladi.
Agar siz avtokreditni dastlabki to'lov bilan tanlasangiz, unda siz bank hisob raqamiga pul kiritishingiz kerak. Bu avtomobil narxining 10-50% bo'lishi mumkin. Agar siz avtomobilni dastlabki to'lovsiz sotib olsangiz, unda bu bosqich bo’lmaydi.
KASKO sug'urtasi sotib olinishi mumkin bo'lgan sug'urta kompaniyalari ro'yxati ko'pincha bank tomonidan cheklangan bo’ladi. Banklar pulni yo'qotishning qo'shimcha xavflaridan qochish uchun sug'urta kompaniyalarini diqqat bilan tanlaydilar. Biroq, sug'urta bu xizmat ekanligini aniq tushunishingiz kerak va hech kim sizni uni sotib olishga majburlashga haqli emas. Bu yerda tanlov sizniki: bankning ko'rsatmalariga amal qiling yoki o'zingiz uchun foydali bo'lgan sug'urtalovchini tanlash huquqini talab qiling.
Kredit shartnomasi va garov shartnomasi tuziladi. Kredit shartnomasini tuzish uchun sizga quyidagi hujjatlar kerak bo'ladi:
Shundan so'ng, bank kredit summasini sotuvchining hisob raqamiga o'tkazadi. Ushbu jarayon bir necha kun davom etishi mumkin – uning muddati shartnomada ko'rsatiladi.
Sotuvchining hisobiga pul tushganidan keyin siz mashinangizni olishingiz mumkin.
Avtokredit majburiyat ekanligini bilish muhimdir. Kreditni o'z vaqtida to'lamaslik salbiy kredit tarixining shakllanishiga olib keladi va muddati o'tgan qarzlar yuzaga kelgan taqdirda, kredit avtokredit garovi bo’lgan transport vositasini sotish orqali qoplanishi mumkin.
O'zbekiston banklarida barcha mavjud avtokreditlar shartlari bilan Avtokreditlar sahifasida tanishishingiz mumkin.