Top.Mail.Ru
07 Sep 2021 |  3,041

Ekspert fikri: Dollar kursi yangi drayverlarni kutmoqda

O'zbek so'mining kursi sentyabr oyining yangi haftasini AQSh dollariga nisbatan pasayishidan boshladi. 2021-yil 6-sentyabr holatiga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotlariga ko'ra, valyuta kursi 1 AQSh dollariga 10671 so'mni tashkil et

Ekspert fikri: Dollar kursi yangi drayverlarni kutmoqda

AQSh dollari DXY dollar indeksiga kiritilgan valyutalar savatiga nisbatan jahon miqyosida qadrsizlanayotganligi sababli, AQSh ish beruvchilari avgust oyida atigi 235 000 ish o'rinlarini qo'shganini ko'rsatdi, bu  esa 733 000 o'rtacha prognozidan ancha past, buni oqibatida DXY dollar indeksi 0.3%ga  tushdi. Ayni paytda, o'zbek so'mi 2021-yil 9-sentyabrda bo'lib o'tadigan O'zbekiston Markaziy banki Boshqaruvining yig'ilishi arafasida o'z o'rnini yo'qotmoqda. Hozirgi vaqtda qayta moliyalash stavkasi yillik 14%ni, yillik inflyatsiya 11,1% ni tashkil etadi. Yilning birinchi yarmida inflyatsiya 10,9%ni tashkil etdi.

Ko'rib turganingizdek, ko’rsatkich o'sib bormoqda, bu esa milliy valyutaning kursiga o’zining salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda. O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 5000 so'mlik va 10 000 so'mlik banknotalarning yangi namunalarini muomalaga kiritdi, 2013-yildagi 5000 so'mlik va 2017-yildagi 10 000 so'mlik banknotalar ham yangi banknotalar bilan birga  muomalada. O'zR Markaziy banki matbuot markazi hozirgi banknotlarni muomalaga kiritish uchun asoslarni oshkor qilmaydi, bu pul massasining ko'payishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin deb taxmin qilish mumkin, Evro hududida PEPP dasturi yoki AQShda QE miqdoriy yumshatish dasturi bo'yicha kuzatilganidek, inflyatsiya ko'rsatkichlarida bu pul-kredit siyosatini yumshatish dasturining yashirin shakli bo'lishini taxmin qilish mumkin. O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankning asosiy foiz stavkasi ko'rib chiqiladigan yig'ilishigacha biron bir xulosa chiqarishga hali erta. Agar qayta moliyalashtirish stavkasi 14% darajasida o'zgarishsiz qolsa, bu yumshoq pul -kredit siyosatini belgilaydi va keyinchalik milliy valyuta AQSh dollariga nisbatan o'z o'rnini yo'qotishda davom etadi.  Agarda pul-kredit siyosatini keskinlashtirish bilan, asosiy foiz stavkasining 1% ga oshishi so'mning AQSh dollariga nisbatan qisqa muddatli mustahkamlanishiga olib keladi.

Shuni ta'kidlash kerakki, 22-sentyabrda AQSh Federal Rezerv tizimi yig'ilishi bo'lib o'tadi, u yerda moliya bozori ishtirokchilari rais Jerom Pauelldan QE miqdoriy yumshatish dasturini qisqartirishni boshlashini kutishadi. Bu yangilikni kutish jarayonida, ishtirokchilar ikkita asosiy ko'rsatkichga e'tibor qaratishadi, bu AQSh hukumatining 10 yillik obligatsiyalari va DXY dollar indeksidir, agar bu ko'rsatkichlar o'sish tendensiyasini davom ettirsa, bu, birinchi navbatda, AQSh fond bozori uchun tahdidga aylanadi, chunki ular salbiy korrelyatsiyaga ega, ular 2020-yil sentyabrining tarixini takrorlashlari mumkin, bu yerda benchmark S&P 500 indeksi  10% dan ko'proq pasayishi oqibatida  jahon bozorida AQSh dollarining keskin mustahkamlanishiga olib keldi.

Yuqorida aytilganlarning barchasini sarhisob qilsak, bu haftada o'zbek so'mining kursi Markaziy bank Boshqaruvi yig'ilishiga bog'liq bo'ladi va MB yuqori ehtimollik bilan joriy stavkasini saqlab qoladi, deb taxmin qilish mumkin. Foiz stavkasi va uni o'zgarishsiz qoldirilishi, o'z navbatida o'zbek so'mining AQSh dollariga nisbatan kursini 10700 so'mdan yuqori konsolidatsiyaga olib keladi va kursning keyingi diapazoni  10700-10790 so'm oralig'ida saqlanib qoladi.

Aziz Abdusalomov Alpari Xalqaro moliya brendi eksperti

Aziz Abdusalomov

Alpari Xalqaro moliya brendi eksperti

Savol berish

O'xshash yangiliklar

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish