Top.Mail.Ru

Valyuta bilan bog'liq cheklovlar bo'yicha Markaziy bank izohlari

So’nggi vaqtlarda banklarda naqd valyuta, xususan dollar bilan bog’liq muammolar kuzatilayotgani bank mijozlari tomonidan bir necha bor ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozlar ko’rinishida e’lon qilindi.

Valyuta bilan bog'liq cheklovlar bo'yicha Markaziy bank izohlari

Jumladan, valyuta ayirboshlashdagi cheklovlar va chet eldan yuborilgan pul o’tkazmalarini dollarda qabul qilish bo’yicha banklarning miqdor cheklovlari hamda qabul qilinayotgan valyutaning kelib chiqish manbalarini bank tomonidan so’ralishi e’tirozlarning asosiy sababi bo’lmoqda. 

Ushbu masala bo’yicha kuni kecha o’tkazilgan Markaziy bank matbuot anjumanida batafsil izoh berib o’tildi. Markaziy bank raisining so’zlariga ko’ra, 1000 dollardan ortiq naqd valyutani yechib olishda ularning manbalarini so’rash bu komplayens talablaridan biridir, ya’ni qonunchilikka mosligini aniqlashdir. Ushbu holatda bunday talab AQSh Federal rezerv tizimi talabidir. 

Mamarizo Nurmuratovning ta'kidlashicha, boshqa davlatdan pul o‘tkazmasini amalga oshirishda O‘zbekistonda naqdsiz valyuta olinadi. Pandemiyagacha va pandemiya davrida ham banklar naqd valyutani asosan Rossiya banklaridan olib kelishgan. 2021 yilda ular 2 milliard dollarlik valyuta import qilgan bo‘lsa, Markaziy bank 100 million dollarni import qilgan. Bu aholining valyuta operatsiyalari uchun yetarli edi.

Biroq, 2022 yilning fevral' oyida joriy etilgan G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari tufayli Rossiya banklari dollar va yevro olishni to‘xtatganligi sababli import qilish imkoniyati cheklangan. Bunda O‘zbekiston banklari boshqa Yevropa va Amerika banklaridan valyuta olib keldi. Bu sharoitda Markaziy bank o’z funksiyalariga kirmaydigan ish qildi – Amerika Federal bankidan valyuta olib kelib mamlakatdagi tijorat banklariga tarqatdi.

“Raqamlarga qaraydigan bo‘lsak 12,2 mlrd dollar pul o‘tkazmasi kelgan bo‘lsa, biz 6,5 mlrd valyuta sotdik aholiga. Endi tasavvur qiling qancha naqd valyuta kerak. 2021 yilda olib kelingani qancha edi va mana bu ikki yo‘nalish bo‘yicha ehtiyoj qancha. O‘sha sharoitda biz qariyb 7 mlrd dollar naqd olib kelib tijorat banklariga tarqatdik”.

Regulyator rahbarining aytishicha, avvallari O‘zbekiston Rossiyadan valyutani erkin va hech qanday shartlarsiz olish imkoniga ega bo‘lgan, biroq AQSh Federal rezerv tizimida jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurash bo‘yicha moliyaviy chora-tadbirlar guruhi (FATF) tomonidan qo‘yilgan asosiy talablar mavjud.

«Ya'ni bu jinoiy faoliyatdan olingan daromad yoki terrorizmni moliyalashtirishga xizmat qiluvchi holatlarni inkor etish odatda, pul o‘tkazmalari bu notovar xarakterdagi valyuta operatsiyalari, bank xizmatlariga kirib bu odatda 1 000 dollargacha bo‘ladi. Avvalgi uchrashuvlarda batafsil bu pul o‘tkazmalari hajmi nimaga keskin oshib ketganligini 4 ta omil bilan izohlab o‘tgan edim. Bugungi kunga qaraydigan bo‘lsak 2,2 barobar faqat pul o‘tkazmalarining oshganligini biz pul olib kelishda ishontirishimiz kerak, ya'ni bu pul haqiqiy mehnat muhojirlarining puli ekanligiga ishontirishimiz kerak».

16:35 • 28 October, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish