Top.Mail.Ru

Quyosh panellari va qayta tiklanuvchi energiya manbai vositalari sotib olish uchun kreditlar

Energiya tejovchi texnologiyalar va asbob-uskunalarni, shu jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalarini xarid qilishga kreditlar ajratilishi davlatimiz rahbarining energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qaror va topshiriqlarining amaliy ijrosi hisoblanadi.

Quyosh panellari va qayta tiklanuvchi energiya manbai vositalari sotib olish uchun kreditlar

Shu maqsadda Energetika vazirligi huzurida Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi tashkil etilgan. Jamg‘armaning asosiy maqsadi investitsiyalarni jalb qilish va iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy sohalar, shuningdek, aholi turar-joylarida energiya samaradorligini oshirish loyihalarini amalga oshirishni moliyalashtirishdan iborat.

Bugungi kunda jamg‘arma ko‘magida va Jahon bankining imtiyozli krediti hisobidan aholiga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shamol generatorlari, mikro va kichik gidroelektrostansiyalari, biogaz ishlab chiqaruvchi uskunalar, biogaz qurilmalari, boshqa qayta tiklanuvchi energiya manba qurilmalari, energiya saqlash tizimlari, maishiy energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlarni sotib olish uchun yashil iste’mol kreditlari taqdim etilmoqda.

Kreditlar quyidagi shartlarda taqdim etiladi:

1. O’zsanoatqurilishbank:

  • Kreditning maksima summasi – 150 mln. so’m
  • Kredit muddati – 5 yilgacha
  • Foiz stavkasi – yillik 15%
  • Imtiyozli davr – 6 oy.

2. Qishloqqurilishbank:

  • Kreditning maksima summasi – 150 mln. so’m
  • Kredit muddati – 5 yilgacha
  • Foiz stavkasi – yillik 15%
  • Imtiyozli davr – mavjud emas.

3. Ipoteka-bank:

  • Kreditning maksima summasi – 90 mln. so’m
  • Kredit muddati – 5 yilgacha
  • Foiz stavkasi – yillik 15%
  • Imtiyozli davr – mavjud emas.

4. Xalq banki:

  • Kreditning maksima summasi – 60 mln. so’m
  • Kredit muddati – 5 yilgacha
  • Foiz stavkasi – yillik 15%
  • Imtiyozli davr – mavjud emas.

Bu va boshqa iste’mol kreditlarining batafsil shartlari bilan Iste’mol kreditlari sahifasida tanishish mumkin.

13:06 • 23 November, 2022
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish